Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyul, 2025   |   25 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:29
Quyosh
05:07
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:26
Bismillah
20 Iyul, 2025, 25 Muharram, 1447

Boy bo‘lishni istaysizmi?

25.11.2024   6466   5 min.
Boy bo‘lishni istaysizmi?

Hayotda har bir inson boy bo‘lishni istaydi va bu yo‘lda tinmay harakat qiladi. Agar bu harakat Alloh ko‘rsatgan halol tarzda bo‘lsa dinimizda unga boy bo‘lishga hech qanday taqiq yo‘q. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Ey Amr, solih boylik solih kishining qo‘lida bo‘lsa, qandoq ham yaxshi! deganlar (Imom Buxoriy Imom, Imom Tabaroniy rivoyat qilgan).

Biroq bugun ba’zi odamlarning hamma narsani boylik bilan o‘lchaydigan, foyda yo‘lida imon, e’tiqod, barcha muqaddas tuyg‘ular va insoniylikdan ham voz kechayotganlarini guvohi bo‘lmoqdamiz. Ular boy bo‘lish yo‘lida hatto o‘zining jigarlarini ham chuv tushirishdan tap tortmayaptilar. Umrlarida biror badiiy yoki ilmiy kitob o‘qishga odatlanmagan bo‘lsalar-da, kitob do‘konlaridagi “Boy bo‘lish sirlari”, “Folbinlar bashoratlari” mazmunidagi kitoblarni topib o‘qishadi. Har gal yangi chiqqan folbinning “eng yaqin mijoz”iga aylanib ulguradilar. Eng achinarlisi, mo‘may daromad topish ilinjida xorijga ketayotgan ayollarning odam savdosi bozorining mahsulotiga aylanib qolayotganidir.

«Biz xorij davlatlaridan biriga borganimizdan so‘ng, aldanganimizni bildik. Daromadli ish topib beramiz, deganlar bizga yolg‘on gapirganini, aslida esa fohishalik bilan shug‘ullanishimiz uchun sotilganimizni aytishdi. Bizni bu jirkanch ishga majburlashar, aytganlariga ko‘nmasak, uch-to‘rt erkak ovozimiz chiqmay qolguncha tepkilashar, xo‘rlashardi...» afsuski bu gaplar ham aynan boylik ortidan quvgan bir o‘zbek ayoliga tegishli.

Ma’lumotlarga ko‘ra, odam savdosidan jabrlanganlar soni yiliga o‘rtacha 2,7 million kishini tashkil etmoqda. Odam savdosi bozori narkotik va qurol savdosidan keyingi uchinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Jahon bozorida odam savdosidan ko‘rilayotgan yillik daromad 7 milliard dollar miqdorida baholanmoqda.

Nega bugun millatdoshlarimiz o‘z ajdodlari ming yillardan buyon tarixning eng og‘ir kunlarida ham amal qilishgan din ko‘rsatmalarini qo‘yib, safsatalarga ishonishmoqda. Mahalla, turli tadbir va jamoat joylarida ularning qilmishlaridan ehtiyot bo‘lishga qanchalik targ‘ib etilmasin, ularning qarmog‘iga ilinganlarning soni kamaymayapti? Bu savol javobi sabrsizlikdir.Ular sabrni bir chetga surib qo‘yib, hamma narsaga osongina erishmoqchi bo‘lmoqdalar. Qadimda ota-bobolarimiz ne-ne qonli sinovlarni boshidan o‘tkazmagan, bir burda nonga muhtoj bo‘lgan bo‘lsalarda, lekin hech qachon sabrsizlik qilmaganlar.

Faraz qiling, bir xonadonda turli sabablar bilan biror tangchilik bo‘ldi. Oila a’zolari boshqa xonadonga chiqib ketmaydi-ku. Farzandlar boshqa ota-onani o‘zining ota-onasi deb bilmaydi-ku.

Aksariyat odamlar boylik ortidan qanchalik yugursa-da, yer yuzini kezib chiqsalarda boyliklarida ham, umrlarida ham baraka, halovatning yo‘qligidan shikoyat qiladilar. Bunga Allohning kalomi Qur’onda ko‘rsatib qo‘yilgan halol yo‘l bilan rizq izlashni unutib qo‘yganlari bosh sababdir. Aslida boy bo‘lishning, boylik, mol-dunyo orttirishning yagona yo‘li taqvo bilan, halol yo‘l bilan boylik topishdir. Taqvodorlik rizqning kaliti hisoblanadi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: «Kimki Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur. Yana, uni o‘zi o‘ylamagan joydan rizqlantirur. Kimki Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) o‘zi unga kifoya qilar. Albatta, Alloh o‘zi (xohlagan) ishiga yetuvchidir. Alloh barcha narsa uchun miqdor (me’yor va muddatni tayin) qilib qo‘ygandir» (Taloq surasi, 2-3-oyat).

Alloh taolo har bir jon uchun rizq tayin qilib qo‘ygan. Banda xoh o‘z yurtida bo‘lsin xoh xorijda bo‘lsin belgilab qo‘yilgan rizqgagina egalik qiladi. Undan ortig‘iga ham kamiga ham erishib bo‘lmaydi. Ayni shu haqiqatni har birimiz yaxshi tushunib olishimiz darkor. Chunki yurtdoshlarimizning xorijga ketishlariga ham aynan shu aqidaga amal qilmasliklari sabab bo‘lmoqda. Ota-ona duosini olib, qalb tinch bo‘lib bir burda bo‘lsada nonni o‘z oila a’zolari atrofida yeyishga nima yetsin. Alloh bunday marhamat qiladi: «Agar ular Alloh va Rasuli ularga ato etgan narsaga rozi bo‘lib: “Bizga Alloh kifoya. Bizga, albatta, Alloh o‘z fazlidan ato etur va Rasuli ham. Biz Alloh (roziligi)gagina rag‘bat qiluvchilarmiz, – desalar edi (o‘zlariga yaxshi bo‘lur edi)» (Tavba surasi, 59-oyat).

Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Boylik mol-mulkning ko‘pligida emas. Balki   boylik ko‘ngil to‘qligidir (Imom Muslim, Termiziy, Ibn Moja va Ahmad rivoyati).

Allohning bergan ne’matiga shukr qilish ne’matning ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Va aksincha, ne’matga shukr qilmaslik, ne’matning zavol topishiga olib keladi. Alloh bunday marhamat qiladi: «Yana Rabbingiz e’lon qilgan (bu so‘zlar)ni eslangiz: Qasamki, agar (bergan ne’matlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukrchilik qilsangiz, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir» (Ibrohim surasi,7-oyat).

Chindan ham, bugun yurtimiz tinch, turmushimiz farovon. Biroq bu ne’matlarning qadriga yetmay, yanada ko‘proq daromad topish maqsadida farzandlar, yaqinlarni ham unutib xorijga ketayotgan millatdoshlarimiz yaxshi tushunib olishlari lozimki aslida ota-ona, farzandlar bilan birga boriga shukr, yo‘g‘iga sabr qilib, chiroyli tarzda umrguzaronlik qilish, farzandlarini o‘z yurti, xalqi taraqqiyoti yo‘lida xizmat qiladigan avlod qilib tarbiyalash haqiqiy boylikdir.

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

80 dan ziyod imomlar uchun media-mahorat o‘quvlari boshlandi

18.07.2025   4819   1 min.
80 dan ziyod imomlar uchun media-mahorat o‘quvlari boshlandi

#xabar #mahorat #imom
Bugun, 16 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan 80 nafardan ziyod voiz imom domlalar uchun Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida “Zamonaviy axborot makonida diniy-ma’rifiy soha mutaxassislarining media-targ‘ibot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb jihatlari” mavzusida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvi boshlandi. 


Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida bo‘lib o‘tgan o‘quv kursining ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita boshqarma boshlig‘i Muhiddin Hakimov, mazkur institut direktori Husniddin Ahmedov va tinglovchilar ishtirok etdi. 


Tadbirda Homidjon domla bugungi murakkab davr barcha soha vakillari qatorida imom domlalardan ham o‘z bilim va malakalarini doimiy oshirib borish, insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, aholi, ayniqsa, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash yo‘lida jiddu jahd qilishni talab etayotganini ta’kidladi. Shuningdek, notiqlar mazkur kursning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.   


Ikki hafta davom etadigan mazkur o‘quvda bugungi kunda dolzarb bo‘lgan mavzularda dars mashg‘ulatlari olib boriladi.   

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

80 dan ziyod imomlar uchun media-mahorat o‘quvlari boshlandi 80 dan ziyod imomlar uchun media-mahorat o‘quvlari boshlandi 80 dan ziyod imomlar uchun media-mahorat o‘quvlari boshlandi 80 dan ziyod imomlar uchun media-mahorat o‘quvlari boshlandi 80 dan ziyod imomlar uchun media-mahorat o‘quvlari boshlandi 80 dan ziyod imomlar uchun media-mahorat o‘quvlari boshlandi 80 dan ziyod imomlar uchun media-mahorat o‘quvlari boshlandi 80 dan ziyod imomlar uchun media-mahorat o‘quvlari boshlandi 80 dan ziyod imomlar uchun media-mahorat o‘quvlari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari