Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2025   |   20 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2025, 20 Zulqa`da, 1446

Zakotini bermagan jannatga kirmay qoladimi?

26.11.2024   5022   6 min.
Zakotini bermagan jannatga kirmay qoladimi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا مِنْ صَاحِبِ ذَهَبٍ وَلَا فِضَّةٍ لَا يُؤَدِّي مِنْهَا حَقَّهَا إِلَّا إِذَا كَانَ يَوْمُ الْقِيَامَةِ صُفِّحَتْ لَهُ صَفَائِحَ مِنْ نَارٍ، فَأُحْمِيَ عَلَيْهَا فِي نَارِ جَهَنَّمَ، فَيُكْوَى بِهَا جَنْبُهُ وَجَبِينُهُ وَظَهْرُهُ، كُلَّمَا بَرَدَتْ أُعِيدَتْ لَهُ، فِي يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْسِينَ أَلْفَ سَنَةٍ حَتَّى يُقْضَى بَيْنَ الْعِبَادِ، فَيَرَى سَبِيلَهُ إِمَّا إِلَى الْجَنَّةِ وَإِمَّا إِلَى النَّارِ. قِيلَ: يَا رَسُولَ، اللهِ فَالْإِبِلُ؟ قَالَ: وَلَا صَاحِبِ إِبِلٍ لَا يُؤَدِّي مِنْهَا حَقَّهَا، وَمِنْ حَقِّهَا حَلَبُهَا يَوْمَ وِرْدِهَا، إِلَّا إِذَا كَانَ يَوْمُ الْقِيَامَةِ بُطِحَ لَهَا بِقَاعٍ قَرْقَرٍ أَوْفَرَ مَا كَانَتْ لَا يَفْقِدُ مِنْهَا فَصِيلًا وَاحِدًا، تَطَؤُهُ بِأَخْفَافِهَا وَتَعَضُّهُ بِأَفْوَاهِهَا، كُلَّمَا مَرَّ عَلَيْهِ أُولَاهَا رُدَّ عَلَيْهِ أُخْرَاهَا فِي يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْسِينَ أَلْفَ سَنَةٍ حَتَّى يُقْضَى بَيْنَ الْعِبَادِ، فَيَرَى سَبِيلَهُ إِمَّا إِلَى الْجَنَّةِ وَإِمَّا إِلَى النَّارِ. قِيلَ: يَا رَسُولَ اللهِ، فَالْبَقَرُ وَالْغَنَمُ؟ قَالَ: وَلَا صَاحِبِ بَقَرٍ وَلَا غَنَمٍ لَا يُؤَدِّي مِنْهَا حَقَّهَا، إِلَّا إِذَا كَانَ يَوْمُ الْقِيَامَةِ بُطِحَ لَهَا بِقَاعٍ قَرْقَرٍ لَا يَفْقِدُ مِنْهَا شَيْئًا، لَيْسَ فِيهَا عَقْصَاءُ وَلَا جَلْحَاءُ وَلَا عَضْبَاءُ، تَنْطَحُهُ بِقُرُونِهَا، وَتَطَؤُهُ بِأَظْلَافِهَا، كُلَّمَا مَرَّ عَلَيْهِ أُولَاهَا رُدَّ عَلَيْهِ أُخْرَاهَا، فِي يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْسِينَ أَلْفَ سَنَةٍ حَتَّى يُقْضَى بَيْنَ الْعِبَادِ، فَيَرَى سَبِيلَهُ إِمَّا إِلَى الْجَنَّةِ وَإِمَّا إِلَى النَّارِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا التِّرْمِذِيَّ.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir tilla yoki kumush sohibi uning haqqini ado etmas ekan, albatta, qiyomat kunida uning uchun olovdan bo‘lgan taxtachalar tayyorlanadi. Ular jahannam olovida qizdiriladi. So‘ngra ular peshonasiga, ikki yonboshiga va orqasiga bosiladi. Sovib qolishi bilan (yana qaytadan qizdirilib,) unga qaytariladi. Miqdori ellik ming yil bo‘lgan kunda odamlar orasida hukm chiqarilguncha shunday qilinadi. Keyin yo‘lini biladi: yoki  jannatga yoki do‘zaxga bo‘ladi», dedilar.

«Ey Allohning Rasuli, tuya-chi?» deyildi. U zot: «Qaysi bir tuya sohibi ham uning haqqini bermasa, suvga borgan kuni uni sog‘ish ham haqqidandir. Albatta, qachon qiyomat kuni bo‘lsa, uni u(tuya)larning oldiga tep-tekis, sip-silliq yerga tashlab beriladi. Ularning hammasi, bitta bo‘talog‘i ham qolmay, to‘liq bo‘ladi. Uni tuyoqlari bilan bosadilar, og‘izlari bilan tishlaydilar. Uning ustidan biri o‘tsa, boshqasi qaytib kelaveradi. Miqdori ellik ming yil bo‘lgan kunda, odamlar orasida hukm chiqarilguncha shunday qilinadi. Keyin yo‘lini biladi: yoki jannatga yoki  do‘zaxga bo‘ladi», dedilar.

«Ey Allohning Rasuli, qoramol va qo‘y-chi?» deyildi.

«Qaysi bir qoramol va qo‘y sohibi ham undan haqqini bermasa, albatta, qiyomat kuni bo‘lganda u ularning oldiga tep-tekis, sip-silliq yerga tashlab beriladi. Ulardan birortasi ham qolmaydi. Ularning ichida shoxi buralgani, shoxsizi, shoxi singani bo‘lmaydi. Ularning hammasi shoxi bilan uni suzadi va tuyog‘i bilan tepkilaydi. Uning ustidan biri o‘tsa, boshqasi qaytib kelaveradi. Ellik ming yil bo‘lgan kunda, odamlar orasida hukm chiqarilguncha shunday qilinadi. Keyin yo‘lini ko‘radi: yoki jannatga, yoki  do‘zaxga», dedilar» (Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan).

Bu hadisi sharifda zakotni bermagan kishilarning holi qiyomat kuni qanday bo‘lishi juda jonli tarzda vasf qilinmoqda.

Qiyomat kunining sifatlaridan biri – miqdori ellik ming yil bo‘lgan kundir. O‘sha kuni odamlarning hammasi to‘planib, ularning hisob-kitobi bitib, jannatiy yoki do‘zaxiy ekanligi haqida hukmi ilohiy chiqqunicha hozirgi dunyo kunlari bilan hisoblanganda ana shuncha muddat o‘tadi.

Bu dunyoda zakoti berilmagan oltin va kumushlar qiyomat kuni olovdan bo‘lgan taxtachalar holiga keltirilib, jahannam otashida yana rosa qizdirilib, o‘z egasining peshonasiga, yonboshlariga va orqasiga bosilar, uning o‘sha a’zolari jizg‘inak qilib kuydirilar ekan. Agar u taxtachalar sal sovib qolsa, yana qaytadan qizdirilar va yana shiddat bilan bosilar ekan. Shu holat bu dunyoning hisobi bilan hisoblaganda, ellik ming yil davom etar ekan.

So‘ngra hukm chiqib, mazkur zakotni bermagan odam do‘zaxiy bo‘lsa, do‘zaxning azobini tortgani ravona bo‘lar ekan. Agar Alloh rahm qilib, boshqa amallari ko‘pligi uchun jannatga hukm qilsa, miqdori ellik ming yil bo‘lgan kundagi tortgan azobi bilan qutulib qolar ekan.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan ushbu bayonni eshitganlar tuyasining zakotini bermaganlarning holi nechuk bo‘lishini so‘radilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularning holini ham batafsil bayon qilib berdilar.

So‘ngra sahobai kiromlar qoramol va qo‘ylarning zakotini ado etmaganlarning holi qanday bo‘lishini so‘radilar. Payg‘ambarimiz alayhissalom bunga ham batafsil javob berdilar.

Ushbu hadisda Mahshar kuni zakoti chiqarilishi farz bo‘lgan molu mulkning uch toifasi bo‘yicha zakotni ado etmaganlarning holi qanday bo‘lishi vasf qilinmoqda. Ular butun xaloyiqning oldida sharmandai sharmisor bo‘lib, shunchalar azob tortishar ekan.

Albatta, boshqa toifadagi mol-mulkning zakotini bermaganlar ham munosib jazo tortishlari turgan gap. To‘g‘ri, ular jannatga kirishlari mumkin. Lekin jannatga kirguncha shuncha vaqt azob tortish osonmi?! Qolaversa, zakotni bermagan bandaning jannatga kirmay qolish xavfi ustun. Shuning uchun bu dunyoda zakotni o‘z vaqtida ado etishga harakat qilmoq zarur.

«Hadis va hayot» kitobi asosida tayyorlandi

Boshqa maqolalar

Jannatdan uy

18.05.2025   3512   1 min.
Jannatdan uy

Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman", dedilar.