Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyun, 2025   |   12 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:35
Bismillah
08 Iyun, 2025, 12 Zulhijja, 1446

Har kuni aytiladigan zikrlar

26.11.2024   5511   2 min.
Har kuni aytiladigan zikrlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim: «Roziytu billahi Robban va bil Islami diynan va bi Muhammadin sollallohu alayhi vasallama Rosula», desa, unga jannat vojib bo‘ladi», dedilar (Abu Dovud rivoyati).
Ma’nosi: Allohni Robbim deb, Islomni dinim deb, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni rasul deb rozi bo‘ldim.

* * *

Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Robbingiz huzurida amallarning yaxshisi, darajangizni baland qiluvchisi, pul va oltinlarni infoq qilishdan afzalroq bo‘lgan va dushmaningizga yo‘liqib, uning bo‘yniga qilich urishdan ham yaxshi narsani aytaymi?» dedilar. Sahobalar: «Ayting», deyishdi. Shunda Rasululloh: «Allohni zikr qilish», dedilar (Termiziy va Ibn Moja rivoyati).

* * *

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Isro kechasi Ibrohim alayhissalomga yo‘liqdim. U zot: «Ey Muhammad, ummatingizga mendan salom ayting va jannatning tuprog‘i pok, suvi shirin va o‘zi tekis, o‘simligi «Subhanallohi valhamdu lillahi va laa ilaha illallohu vallohu akbar» ekanini ularga xabar bering», dedilar» (Termiziy rivoyati).

* * *

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki: «Subhanallohi va bihamdihi», desa, u uchun jannatda bir xurmo ekiladi», dedilar (Termiziy rivoyati). 

* * *

Abu Zarr roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Kalomlarning qaysi biri Alloh taologa mahbubroq?» deb so‘radilar. U zot: «Alloh farishtalariga ixtiyor qilgan «Subhana Robbi va bihamdihi, subhana Robbi va bihamdihi» jumlasini aytish», dedilar» (Termiziy rivoyati).

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Rasman: Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

31.05.2025   16318   1 min.
Rasman: Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

O‘zbekistonda muborak Qurbon hayiti 2025 yil 6 iyun kuni nishonlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori imzolandi. (https://president.uz/uz/lists/view/8178)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari