Sayt test holatida ishlamoqda!
12 May, 2025   |   14 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:08
Peshin
12:24
Asr
17:23
Shom
19:35
Xufton
21:03
Bismillah
12 May, 2025, 14 Zulqa`da, 1446

Abdulbosit qori Qobulov qiroat bo‘yicha Al-Azhar shayxidan ijoza oldi

26.11.2024   2730   1 min.
Abdulbosit qori Qobulov qiroat bo‘yicha Al-Azhar shayxidan ijoza oldi

Toshkent islom instituti "Qur’on ilmlari" kafedrasi o‘qituvchisi Abdulbosit qori Qobulov Imom Hafsning Imom Osimdan qilgan rivoyati Toyyiba yo‘li orqali Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bog‘langan sanadi bilan ijoza oldi.

Abdulbosit qori Qur’oni karimni yuqoridagi tariqaga ko‘ra qiroat qilib, Shayx Ibrohim Muhammad huzurida xatm qildi.
 
Shu munosabati bilan TII "Qur’on ilmlari" kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne’matov va 10 ta qiroat bo‘yicha ijoza sohibi, Al-Azhar shayxi, kafedra ustozi Ibrohim Muhammad bilan birgalikda Abdulbosit qori Qobulovga ijoza shahodatnomasini topshirdi.

t.me/oliymahad

Abdulbosit qori Qobulov qiroat bo‘yicha Al-Azhar shayxidan ijoza oldi Abdulbosit qori Qobulov qiroat bo‘yicha Al-Azhar shayxidan ijoza oldi
Boshqa maqolalar

Allohning mehribonligi

07.05.2025   7582   1 min.
Allohning mehribonligi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim bir yaxshilikni ko‘ngilga tugsa-yu, uni qilmasa, Alloh buni O‘z huzurida unga to‘liq bir yaxshilik deb yozadi. Agar shuni ko‘ngilga tugib, keyin uni qilsa, Alloh buni O‘z huzurida unga o‘nta yaxshilikdan yetti yuz baravargacha qilib, undan ham bir necha baravar ko‘p qilib yozadi. Kim bir yomonlikni ko‘ngilga tugsa-yu, uni qilmasa, Alloh buni O‘z huzurida unga to‘liq bir yaxshilik deb yozadi. Agar shuni ko‘ngilga tugib, keyin uni qilsa, Alloh buni unga birgina yomonlik deb yozadi" (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).