Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2025   |   20 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2025, 20 Zulqa`da, 1446

Bizdan go‘zal bog‘lar qolsin!

26.11.2024   3082   4 min.
Bizdan go‘zal bog‘lar qolsin!

Bu hayotda mehr faqat insonlarga emas, balki tabiatga ham kerak. So‘nggi yillarda tabiatdagi salbiy o‘zgarishlar unga bo‘lgan bee’tiborligimiz va bemehrligimizni ko‘rsatdi. Havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, cho‘llanish, global isish tabiiy muvozanatning buzilgani oqibatidir. Bu insonlar salomatligiga ham jiddiy putur yetkazmoqda.


Davlatimiz rahbari bu xavfni chuqur anglab, atrof-muhitni asrash choralarini ko‘rmoqdalar. Prezidentimiz tashabbusi bilan bundan uch yil avval boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi fikrimiz dalili bo‘la oladi. Bu loyiha bugun chinakam xalq harakatiga aylandi. Har yili bahor va kuzda daraxt ko‘chatlarini ekish an’ana tusini oldi.


Barchamizga yaxshi ma’lumki, “Yashil makon” loyihasida shaharlar yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, xususan, ularning atrofida “yashil belbog‘” yaratish maqsadi belgilangan. Davlatimiz rahbarining: “Bu an’ana o‘zi bizda bor. Xalqimiz tabiatni “ona” deydi, yerni, suvni e’zozlaydi. Buning zamiridagi haqiqat hozirgi ekologik muammolar ta’sirida yaqqol namoyon bo‘layapti. Shuning uchun “Yashil makon” loyihasini boshladik. Kelgusi yil nomini ham atrof-muhitni asrash masalasiga bag‘ishladik. Endi bu tashabbuslar keng yoyilishi, ayniqsa, yoshlarimizga chuqur singishi zarur. Har bir xonadon, har bir korxona tabiatni asrashga hissa qo‘shishi kerak”, degan fikrlari bugun barchamizni harakatga undamoqda.


Darhaqiqat, dinimizda ham bu xayrli an’anaga targ‘ib qilingan. Alloh taolo insonni yerdan yaratar ekan, uning zimmasiga yana shu qaytadigan joyi – yerni obod qilish vazifasini yukladi. Bu borada Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “U sizlarni tuproqdan paydo qildi va unga sizni obodligi uchun qo‘ydi” (“Hud” surasi, 61-oyat). Boshqa oyati karimada: “Yerni yaroqli qilib qo‘ygandan keyin unda buzg‘unchilik qilmangiz!” (“A’rof” surasi, 56-oyat), deyiladi.


Alloh taolo ushbu ikki oyati karimada yer va uni o‘rab turgan tabiatni asrab-avaylashga, undan oqilona foydalanishga buyuradi. Shuning barobarida unga zarar yetkazishning har qanday turidan qaytaradi.


Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘z ummatlariga dehqonchilik, xususan, ko‘chat ekishga undab, bunday deganlar: “Agar qiyomat bo‘lib qolsa va birontangizning qo‘lingizda xurmo daraxti bo‘lsa, bas, uni ekib olsin” (Imom Buxoriy va Imom Ahmad rivoyati).


Shuningdek, Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda:  “Kim Allohga ishonib va savob umid qilib qarovsiz yerni obod  qilsa, Alloh uning ishiga yordam va baraka beradi”, deyilgan.


Abu Dardo roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Bir kishi Damashq ko‘chalarining biridan o‘tayotsa, ko‘cha ekayotgan odamga ko‘zi tushibdi va unga: “Nega bu ishni qilayapsiz, axir siz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalaridansiz-ku?” debdi. Shunda u kishi: “Sen shoshma, men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim bir ko‘chat eksa, undan odam yoki Alloh yaratgan maxluqotlardan birontasi yesa, buning evaziga o‘sha (ko‘chat ekkan banda)ga sadaqa bo‘ladi”, deb aytganlarini eshitganman”, debdi”, (Imom Ahmad rivoyati).


Demak, ko‘chat ekish savobli amallar sirasiga kiradi. Ko‘chat ekish va uni parvarishlash kishi dunyodan o‘tib, amal sahifasi yopilganidan so‘ng ham, uning haqqiga muttasil ravishda savob borib turishiga sabab bo‘lar ekan.


Shunday ekan, bizlar ham bu ezgu ishdan chetda qolmaylik, obodonchilik va farovonlik yo‘lida qo‘limizdan kelgan choralarni ko‘raylik. Ortimizdan dog‘ emas, go‘zal bog‘lar qolsin!

 

Musoxon ABBOSIDDINOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasining

Namangan viloyat vakili,

viloyat bosh imom-xatibi

Bizdan go‘zal bog‘lar qolsin! Bizdan go‘zal bog‘lar qolsin! Bizdan go‘zal bog‘lar qolsin! Bizdan go‘zal bog‘lar qolsin!
Boshqa maqolalar

Jannatdan uy

18.05.2025   3364   1 min.
Jannatdan uy

Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman", dedilar.