frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Mahsiga mas'h tortish farzmi, sunnatmi, vojibmi?

26.11.2024   7378   1 min.
Mahsiga mas'h tortish farzmi, sunnatmi, vojibmi?

Cavol: Mahsiga mas'h tortish farzmi, sunnatmi, vojibmi? Mahsi kiygan odam tahorat qilganda mas'h tortmasdan namoz o‘qisa, namozi durust bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. To‘liq tahorat bilan mahsi kiygan kishining tahorati sinsa va u mahsini yechmasdan yangidan tahorat qilmoqchi bo‘lsa, mas'h tortishi farz bo‘ladi. Agar mas'h tortmasdan namoz o‘qisa, namozi durust bo‘lmaydi. Chunki mahsiga mas'h tortish oyoqni yuvish o‘rnidadir. Shunday ekan tahoratda oyoq yuvish farz edi, mahsiga mas'h tortish ham farz bo‘ladi. Bu haqda "Lubob" kitobida bunday deyiladi:


(وفرض ذلك) المسح (مقدار ثلاث أصابع من أصغر أصابع اليد) طولاً وعرضاً

"Mahsiga mas'h tortishning farzi qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoridadir. Bu miqdor qo‘l barmog‘ining bo‘yi va enicha bo‘ladi (ya’ni namlangan qo‘llar bilan shu miqdorda chiziq tortadi)". Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti o‘qituvchilari Al-Azhar universitetida malaka oshirdilar

31.07.2026   15243   1 min.
Toshkent islom instituti o‘qituvchilari Al-Azhar universitetida malaka oshirdilar

Al-Azhar universiteti huzuridagi Xorijiy talabalar ta’limini rivojlantirish markazida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan arab tili bo‘yicha malaka oshirish dasturi yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Ikki hafta davom etgan o‘quv kursi arab tili o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va til o‘qitishning ilg‘or metodikalarini o‘rganishga qaratildi.


Dastur yakunida o‘tkazilgan tantanali marosimda markaz rahbari, professor-doktor Nahla as-Saidiy ishtirokchilarga sertifikatlarni topshirdi. U mazkur tashabbus Al-Azharning arab tilini xalqaro miqyosda ommalashtirishga qaratilgan loyihalari doirasida amalga oshirilganini ta’kidladi.

Tadbir davomida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Nahla as-Saidiy Toshkent islom instituti bilan akademik aloqalarni mustahkamlash va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish maqsadida hamkorlik memorandumini imzolash tashabbusini ilgari surdi.


O‘z navbatida, Toshkent islom instituti vakillari dastur yuqori saviyada tashkil etilgani uchun Al-Azhar universiteti rahbariyatiga minnatdorlik bildirdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Toshkent islom instituti o‘qituvchilari Al-Azhar universitetida malaka oshirdilar
O'zbekiston yangiliklari