Muhammad Mutavalliy Sha’roviy rahimahulloh aytadilar:
Alloh taolo bandalariga:
لا تقنطوا
"noumid bo‘lmanglar" degan.
Ya’qub alayhissalom o‘g‘illariga:
لا تياسوا
"noumid bo‘lmangiz" degan.
Yusuf alayhissalom ukasiga:
لا تبتئس
"tashvish chekma" degan.
Shuayb alayhissalom Muso alayhissalomga:
لا تخف
"qo‘rqma" degan.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhuga:
لا تحزن
"mahzun bo‘lmang" deganlar.
Tashvishli damlarda inson qalbiga xotirjamlik solish ilohiy manhajdur. Bas, shunday ekan, doimo "alhamdu lillah" deng.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV
Bugun, 16 may kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Tayloq tumanidagi “O‘rta” masjidga bordi. Domla juma namozidan oldin “Kamtarga kamol, manmanga zavol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ma’ruza qildi.
Ma’ruzada insonning ichki kamolotga erishishida kamtarlikning naqadar muhim ekani, manmanlik va kibr kabi xulqlarning inson va jamiyat uchun keltirishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Islom axloq-odobining oliy qoidalari, nafsni tarbiyalash, jamiyatda o‘zaro hurmat va insofni qaror toptirish kabi mavzular keng yoritildi.
Juma namozini o‘qish asnosida yurt tinchligi, el-yurt farovonligini so‘rab duo qildilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati