Ovqatlanishda o‘n ikki xususiyatga rioya qilish lozim. Ulardan to‘rttasi farz, to‘rttasi sunnat va to‘rttasi odob.
Farzlar:
1. Allohning nomini zikr qilish (bismillah aytish),
2. Halol va pok ovqat iste’mol qilish,
3. Bor narsaga rozi bo‘lish,
4. Ne’mat uchun shukr qilish.
Sunnatlar:
1. O‘ng oyoq ustida o‘tirish,
2. Ovqatni o‘z oldidan olib yeyish,
3. O‘ng qo‘lning uchta barmog‘i bilan ovqatlanish,
4. Barmoqlarni yalab tozalash.
Odoblar:
1. Ovqatdan oldin va keyin qo‘l yuvish,
2. Luqmani kichik qilish,
3. Ovqatni yaxshi chaynash,
4. Boshqa ovqatlanayotgan kishilarning yuzlariga tikilmaslik.
(Hasan Basriyning odoblari, zuhdi va mav’izalari, Ibn Javziy, 50-bet).
Homidjon domla ISHMATBЕKOV
Savol: Payg‘ambarimizni ismlarini zikr qilinganda salovat aytish kerak. Qur’on o‘qiganda ismlarini qiroat qilganda ham to‘xtab salovat aytiladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Qur’oni karim qiroat qilinayotganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak ismlari kelib qolsa, qiroatni to‘xtatmaydi, tugatgandan keyin salavot aytib qo‘yadi. Ulamolar mana shunday yo‘l tutish afzal deganlar. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.