Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Agar o‘g‘il farzand ko‘rsangiz nima qilasizlar?
Ular: Allohga shukr qilib bir oy ro‘za tutamiz.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Agar qiz farzand ko‘rsangizchi?
Ular:Unda ikki oy ro‘za tutamiz. Chunki Muso alayhissalom qiz farzand tarbiyasiga sabr qilishga, o‘g‘il tarbiyasiga sabr qilishdan ko‘ra ikki karra ortiq ajr bor deganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Sizlarning orangizda zino qiladiganlar bormi?
Ular: Yo‘q, kimda kim zino qilsa osmondan boshiga tosh yog‘iladi yoki yer yutadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Ribo bilan shug‘ullanasizlarmi?
Ular: Faqat Allohning rizqidan noumid bo‘lganlargina ribo bilan shug‘ullanadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kasal bo‘lasizlarmi?
Ular: Biz kasal ham bo‘lmaymiz, gunoh ham qilmaymiz. Sizning ummatingiz gunohlariga kafforat bo‘lishi uchun kasal bo‘ladilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Sizlarning yeringizda yirtqich hayvonlar bormi?
Ular: Ha, bor. Ammo, biz ularga zarar yetkazmaymiz, ular ham bizga zarar yetkazmaydilar.
Shundan keyin Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ularga shariat ahkomlarini o‘rgatdilar, besh vaqt namoz o‘qish va zakotga buyurdilar. Qur’ondan Fotiha va ba’zi suralarni o‘rgatdilar.
Al-Haddodiy aytadilar: Makkada nozil bo‘lgan o‘nta surani ta’lim berdilar. U vaqtda namoz bilan zakotdan boshqa farzlar nozil bo‘lmagan edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga shanba kuni baliq ovlash taqiqlangani haqidagi hukmni tark etishni, namozni jamoat bo‘lib o‘qishni va qiblaga qarab yuzlanishni buyurdilar.
Ibn Jarir Tabariy aytadilar, Ibn Abbos raziyallohu anhu bu oyatda zikr etilgan qavm haqida ushbu oyatda bayon etilgan: “Undan keyin Biz Bani Isroilga: shu yerni maskan tutinglar. Qachonki va’da qilingan oxirat kelganida, sizlarning barchalaringizni bir to‘p qilib keltirurmiz, dedik” (Isro surasi, 104-oyat).
“Oxirat va’dasi” – Iso alayhissalomning yerga tushishlari, deganlar.
Manbalar:
Tafsir “jome’ul bayon” - Tabariy
Tafsir “anvorut tanzil va asrorut ta’vil” – Bayzoviy
Tafsir “mafotiyhul g‘oyb” – Roziy
Tafsir “jome’ liahkomil qur’on” – Qurtubiy
Tafsir “Kashshof” – Zamaxshariy
Tafsir “bahrul ulum” – Samarqandiy
Tafsir “Quranul azim” – Ibn Kasir
Tafsir “Ruhul bayon” – Haqqiy
Tafsir “Ruhul ma’oniy” - Ulusiy
Homidjon domla Ishmatbekov
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrida vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlash, diniy-ma’rifiy sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, “Haj” va “Umra” safarlarini tashkil etish va ziyoratchilarga qulay sharoitlar hozirlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
Xabar berganimizdek, mamlakatimizda haj mavsumi joriy yil 13 may kunidan boshlandi. (https://t.me/muslimuzportal/41370)Ayni kunlarda Madinai munavvarada ibodatlarini nihoyasiga yetkazgan yurtdoshlarimiz birin-ketin Makka shahriga yo‘l olmoqdalar.
17 may kuni navbatdagi ziyoratchilar Makkai mukarramaga shinam avtobuslarda yetib keldi. Bo‘lg‘usi hojilarga muqaddas shahardagi “Abroj Dana” va "Vafaq al-Saha" mehmonxonalarida zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar, gullar va hadyalar ulashilib, izzat-ikrom qilindi.
Mana shunday iltifotlardan ko‘ngillari ko‘tarilgan yurtdoshlarimiz Alloh taologa cheksiz shukronalar aytib, ularga bo‘lgan katta ehtirom va e’tiborni nafaqat mamlakatimizda, balki olis Makka shahrida ham chin dildan his etishdi.
Shu kunlarda ushbu muqaddas shaharda toat-ibodatlarini ado etayotgan yurtdoshlarimiz har qadamda davlatimizning g‘amxo‘rligini his qilib, o‘z duolarida yuritimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilamoqdalar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati