Sayt test holatida ishlamoqda!
19 May, 2025   |   21 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:01
Peshin
12:25
Asr
17:27
Shom
19:42
Xufton
21:12
Bismillah
19 May, 2025, 21 Zulqa`da, 1446

Allohni tahoratsiz holda zikr qilishni istamadim

28.11.2024   4114   1 min.
Allohni tahoratsiz holda zikr qilishni istamadim

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Xoh yalanglik-sahroda bo‘lsin, xoh pana joyda, hojat chiqarayotib so‘zlashish va zikr qilish makruhdir. Faqat zarurat yuzasidan ruxsat berilgan. Ba’zi sohiblarimizning fikricha, aksa ursa, hamd aytilmaydi, aksa urib, hamd aytganga javob berilmaydi, salomga alik olinmaydi, muazzinga ijobat qilinmaydi. Chunki bu holatida musulmon kishi javobga mustahiq emas. Javob berishi makruh hisoblanadi. Ammo harom emas. Lekin aksa urganida tilini qimirlatmasdan, qalbi bilan hamd aytsa, zarari yo‘q. Shuningdek, jimo’ paytida ham aytish bezarardir.

Muhojir ibn Qunfuz roziyallohu anhu rivoyat qilib aytadilar:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, u zot bavl qilayotgan ekanlar. Salom berdim, u zot tahorat qilib bo‘lgunlaricha javob bermadilar. So‘ng menga uzr aytib: «Allohni nopok yoki tahoratsiz holda zikr qilishni xushlamadim», dedilar».

Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Mojalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.

Sohiblarimiz aytishadi: «Hojatda o‘tirgan kishiga salom berish makruhdir. Mabodo, salom berilsa, javobi shart emas».

Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi

16.05.2025   4784   1 min.
Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi va Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi “Mudarris xalqaro maktab”ida poytaxtimizda joylashgan “Minor” jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfutdinov ishtirokida “Kengmakon” mahallasida istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
 

Tadbirda davomida farzand tarbiyasi, odob-axloq va ilm egallashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat va ma’naviy poklik yoshlarni yot g‘oyalardan asrashda muhim vosita ekani ta’kidlandi. Shuningdek, oiladagi tarbiyaning kuchi, ota-onaning farzandga namuna bo‘lishi jamiyat barqarorligiga xizmat qilishi qayd etildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi Ulamo ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida suhbat qildi
O'zbekiston yangiliklari