Sayt test holatida ishlamoqda!
01 May, 2025   |   3 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:51
Quyosh
05:21
Peshin
12:25
Asr
17:16
Shom
19:23
Xufton
20:47
Bismillah
01 May, 2025, 3 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

Qur’oni karimning O‘zbekiston fondlarida saqlanayotgan qadimiy nusxalari davlat reyestri tuziladi

28.11.2024   3360   1 min.
Qur’oni karimning O‘zbekiston fondlarida saqlanayotgan qadimiy nusxalari davlat reyestri tuziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 fevraldagi "Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga binoan, respublika hududidagi barcha muzeylar, kutubxonalar va arxiv fondlarida saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarning davlat reyestrini tuzish va doimiy monitoringini yuritish vazifasi belgilangan.


Ushbu qaror asosida respublika hududidagi barcha muzeylar, kutubxonalar va arxiv fondlarida saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarning davlat reyestri, kataloglari va elektron nusxalari tuziladi. Bir jildda Qur’on qo‘lyozmalari 1000 donasi ilmiy tavsiflari, kitobning holati, bezaklari, muqovalari, o‘lchamlari, uni ko‘chirgan xattot va kitob haqidagi ma’lumotlar to‘liq ifodasini topadi.


Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov tomonidan Qur’on qo‘lyozmalarining alohida reyestrini tuzish taklifi berildi va shu asosda markazda tegishli ishlar boshlab yuborildi.


"Respublika hududidagi barcha muzeylar, kutubxonalar va arxiv fondlarida saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarni o‘rganish ishlari amalga oshirilgan. Hozirgi kungacha 9000 dan ortiq manbalarning davlat reyestri tuzildi", — deydi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini yuritish bo‘limi mas’ul xodimi Azimjon G‘ofurov.

Islom sivilizatsiyasi markazi

Axborot xizmati

Qur’oni karimning O‘zbekiston fondlarida saqlanayotgan qadimiy nusxalari davlat reyestri tuziladi Qur’oni karimning O‘zbekiston fondlarida saqlanayotgan qadimiy nusxalari davlat reyestri tuziladi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Qur’on tilovat qilmaguncha

30.04.2025   2139   1 min.
Qur’on tilovat qilmaguncha

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ibn Javziy rahimahulloh: "Inson Allohni zikr qilib,  Qur’on tilovat qilmagunicha shaytonning (boshqaruvi) ostida bo‘lishda davom etadi", dedi.