Cavol: Ayollar namozda tirsaklarini yerga qo‘yadimi yoki yerdan ko‘tarib turadimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ayollar sajdada ikki tirsagini yerga to‘shab turadi. Bu haqda Alloma Alouddin Kosoniy rahimahulloh bunday deganlar:
فَأَمَّا الْمَرْأَةُ فَيَنْبَغِي أَنْ تَفْتَرِشَ ذِرَاعَيْهَا وَتَنْخَفِضُ وَلَا تَنْتَصِبَ كَانْتِصَابِ الرَّجُلِ وَتَلْزَقُ بَطْنَهَا بِفَخِذَيْهَا لِأَنَّ ذَلِكَ أَسْتَرُ لَهَا
“Ayol (sajdada) ikki tirsagini yerga to‘shab turishi lozim. Sajdada yerga yaqin bo‘ladi. Erkaklar kabi (qornini yerdan) ko‘tarmaydi. Qornini soniga yopishtiradi. Bu holat uni yaxshiroq to‘sadi” (“Badoius-sanoi’” kitobi).
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi
Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman", dedilar.