aftaning har chorshanba kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi tizimida fuqarolarni qabul qilish kuni etib belgilangan. Keyingi paytda bu qabullarda ko'plab yurtdoshlarimizning muammolari echim topayotgani uning samarali bo'layotganidan dalolat beradi.
Huddi shu an'anaga ko'ra, 20 mart, chorshanba kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov idoraga o'z murojaat va takliflarini bilan kelgan fuqarolarning dardu tashvishlarini tingladi.
Mazkur qabulda yurtimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolarning masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati, diniy ta'lim, moddiy yordam, oilaviy masalalar kabi murojaatlari eshitildi, ularning aksariyati ijobiy hal etildi.
Samimiy qabuldan mamnun bo'lgan fuqarolar O'zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatiga o'z minnatdorliklarini bildirdilar.
Bu kabi qabul jarayonlari O'zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.



O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.
Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati