frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Maqolalar

Arshning soyasida bir kishini ko‘rdim

02.12.2024   6152   1 min.
Arshning soyasida bir kishini ko‘rdim

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Muso alayhissalom Arshning soyasida bir kishini ko‘rdilar va:
— Bu kim? deb so‘radilar.
Alloh taolo:
— Senga uning kimligini aytmayman, ammo undagi uchta sifatni aytaman:
1. U Allohning odamlarga bergan ne’matlariga hasad qilmasdi.
2. Ota-onasiga osiy bo‘lmasdi.
3. Chaqimchilik qilib yurmasdi.

(Imom Bayhaqiy va Sa’id ibn Mansur rivoyat qilganlar).

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Oliy ma’hadning 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishtirildi

13.09.2026   1352   1 min.
Oliy ma’hadning 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishtirildi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.

Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari