Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2025   |   20 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2025, 20 Zulqa`da, 1446

Dajjol mashriqdan chiqadi, unga ko‘p odamlar ergashadi

02.12.2024   4394   2 min.
Dajjol mashriqdan chiqadi, unga ko‘p odamlar ergashadi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

 

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «يَتْبَعُ الدَّجَّالَ مِنْ يَهُودِ أَصْبَهَانَ سَبْعُونَ أَلْفًا عَلَيْهِمُ الطَّيَالِسَةُ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Asbahonning taylason kiygan yahudiylaridan yetmish ming kishi Dajjolga ergashib ketadi», dedilar (Muslim rivoyat qilgan).

Sharh: Asbahon – mashhur shahar. Taylason ‒ boshning ustidan yelka bilan qo‘shib tashlab olinadigan yopinchiq.

عَنْ أَبِي بَكْرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الدَّجَّالُ يَخْرُجُ مِنْ أَرْضٍ بِالْمَشْرِقِ يُقَالُ لَهَا: خُرَاسَانُ يَتْبَعُهُ أَقْوَامٌ كَأَنَّ وُجُوهَهُمُ الْمَجَانُّ الْمُطْرَقَةُ».

Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Dajjol mashriqdagi Xuroson degan joydan chiqadi. Unga yuzi teri qalqonga o‘xshagan ko‘p qavmlar ergashadi», dedilar.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «تَخْرُجُ مِنْ خُرَاسَانَ رَايَاتٌ سُودٌ لَا يَرُدُّهَا شَيْءٌ حَتَّى تُنْصَبَ بِإِيلِيَاءَ». رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Xurosondan qora bayroqlar chiqadi. O‘sha bayroqlar Iliyaga tikilmagunicha ularni hech narsa qaytarmaydi», dedilar (Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan).

Sharh: Bular Dajjolning bayroqlari bo‘ladi.

عَنْ أُمِّ شَرِيكٍ  عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَيَفِرَّنَّ النَّاسُ مِنَ الدَّجَّالِ فِي الْجِبَالِ»، قَالَتْ أُمُّ شَرِيكٍ: يَا رَسُولَ اللهِ، فَأَيْنَ الْعَرَبُ يَوْمَئِذٍ؟ قَالَ: «هُمْ قَلِيلٌ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ.

Ummu Shariyk roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar Dajjoldan toqqa qochadilar», dedilar. «Yo Allohning Rasuli, o‘sha kunda arablar qayerda bo‘ladi?» degan edim, «Ular ozchilik bo‘ladi», dedilar (Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar).

«Fitnalar va Qiyomat alomatlari» kitobidan

Boshqa maqolalar

Makka va Madinadagi duo qabul bo‘ladigan 24 joy

17.05.2025   4609   1 min.
Makka va Madinadagi duo qabul bo‘ladigan 24 joy