Bugun, 2 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligi tashabbusi bilan Namangan shahar "Hidoya" o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida 20 sotix joyga 200 tupdan ortiq mevali ko‘chatlar ekildi.
Ushbu tadbirda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xotamov va viloyatda faoliyat olib borayotgan imomlar ham ishtirok etdilar.
Shu kunlarda o‘lkamizning turli hududlarida diniy soha xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlarida faollik bilan ishtirok etmoqda. "Tabiat – Alloh taoloning omonatidir" shiori ostida keng jabhada ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Alloh taolo bunday marhamat qiladi: "Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi" (Hud surasi,114-oyat).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qayerda bo‘lsang ham, Allohga taqvo qil. Yomonlik ortidan yaxshilik qil. Uni yuvadi. Odamlarga husni xulq ila muomala qil!" deganlar (Imom Ahmad rivoyati).