Bismillahir Rohmanir Rohiym
Jumodus soniy - lug‘atda "keyingi-ikkinchi sovuq" ma’nosida. Hijriy-qamariy taqvimga ko‘ra yilning oltinchi oyi shu nomni olgan. Bu oy "jumodul-oxir" ham deyiladi.
Hijriy 2 yil, jumodus soniy oyi (mil. 623 yil dekabr) |
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir 150-200 muhojir bilan Qurayshning Makkadan Shomga yo‘l olgan karvoniga qarshi g‘azotga otlandilar. Zul Ushayra degan joyga yetganlarida karvon bir necha kun oldin o‘tib ketgani ma’lum bo‘ldi. Bu Islom tarixida «Zul ushayra» g‘azoti deb ataladi; – ushbu g‘azotda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Bani Mudlij qabilasi bilan urushmaslik haqida bitim tuzdilar. |
Hijriy 3 yil, jumodus soniy oyi (mil. 624 yil noyabr-dekabr) |
– Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu sariyasi bo‘ldi. |
Hijriy 6 yil, jumodus soniy oyi (mil. 627 yil oktyabr-noyabr) |
– Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu sariyasi bo‘ldi. |
Hijriy 7 yil, jumodus soniy oyi (mil. 628 yil oktyabr) |
– Hismo sariyasi bo‘ldi. |
Hijriy 8 yil, jumodus soniy oyi (mil. 629 yil sentyabr-oktyabr) |
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Os roziyallohu anhu boshchiligida 300 kishilik sariyani Quro vodiyi ortidagi Zotus Salosil diyoriga yuborib, ularning ketidan Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhu boshchiligida 200 kishilik madad kuchlarini jo‘natdilar. |
Saudiya Arabistonining yetakchi ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston hayotida kechayotgan muhim voqelarni yoritishda davom etayapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Xususan, ushbu mamlakatdagi ommabop "Sahm News" elektron nashrida O‘zbekiston 2026 yilda Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qilishi haqidagi ma’lumotni tarqatdi.
"O‘zbekistonning Samarqand shahri 2026 yilgi Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qilish uchun tanlandi. Assambleya Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va yer degradatsiyasiga qarshi kurashish uchun mablag‘ yig‘ish platformasiga aylanishi kutilmoqda", – deyilgan materialda.
Qayd etilishicha, 2026 yilda Samarqand shahrida Global ekologik fondning sakkizinchi yig‘ilishi va Global ekologik fond kengashining yetmish birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. "Bu qaror AQSHning Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Kengashning oltmish to‘qqizinchi yig‘ilishida qabul qilindi", deya urg‘ulangan maqolada.
Saudiyaning yetakchi "Watan News" nashri esa O‘zbekiston Prezidentining yaqin kelajakda Bryusselga tashrif buyurishi haqida yozdi. "Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Tobgo Klan to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumda ma’lum qildi", deya ta’kidlangan manbada.
"Bunday tashrif tarixiy voqea hamda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash uchun noyob imkoniyat yaratadi", – deya Tobgo Klan fikrlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati