Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Iyun, 2025   |   9 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:08
Quyosh
04:51
Peshin
12:27
Asr
17:35
Shom
19:56
Xufton
21:32
Bismillah
05 Iyun, 2025, 9 Zulhijja, 1446

Jumodus soniy oylarida yuz bergan tarixiy voqealar

03.12.2024   4590   1 min.
Jumodus soniy oylarida yuz bergan tarixiy voqealar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Jumodus soniy - lug‘atda "keyingi-ikkinchi sovuq" ma’nosida. Hijriy-qamariy taqvimga ko‘ra yilning oltinchi oyi shu nomni olgan. Bu oy "jumodul-oxir" ham deyiladi.

Hijriy 2 yil, jumodus soniy oyi (mil. 623 yil dekabr)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir 150-200 muhojir bilan Qurayshning Makkadan Shomga yo‘l olgan karvoniga qarshi g‘azotga otlandilar. Zul Ushayra degan joyga yetganlarida karvon bir necha kun oldin o‘tib ketgani ma’lum bo‘ldi. Bu Islom tarixida «Zul ushayra» g‘azoti deb ataladi;

– ushbu g‘azotda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Bani Mudlij qabilasi bilan urushmaslik haqida bitim tuzdilar.

Hijriy 3 yil, jumodus soniy oyi (mil. 624 yil noyabr-dekabr)

– Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu sariyasi bo‘ldi.

Hijriy 6 yil, jumodus soniy oyi (mil. 627 yil oktyabr-noyabr)

– Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu sariyasi bo‘ldi.

Hijriy 7 yil, jumodus soniy oyi (mil. 628 yil oktyabr)

– Hismo sariyasi bo‘ldi.

Hijriy 8 yil, jumodus soniy oyi (mil. 629 yil sentyabr-oktyabr)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Os roziyallohu anhu boshchiligida 300 kishilik sariyani Quro vodiyi ortidagi Zotus Salosil diyoriga yuborib, ularning ketidan Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhu boshchiligida 200 kishilik madad kuchlarini jo‘natdilar.

Boshqa maqolalar

Arafa kuni ushbu 5 amalni bajarishni unutmang!

04.06.2025   7738   1 min.
Arafa kuni ushbu 5 amalni bajarishni unutmang!

1. Duo qilish. Bu kun qilingan duolar eng afzal duodir.

Solihlardan biri aytadi: "Allohga qasam! Arafa kuni biror duo qilsam, bir yil o‘tmasidan turib uni xuddi yorishgan tong kabi amalga oshganini ko‘rdim".

O‘tgan solihlar ehtiyojlari uchun qiladigan duolarini arafa kuniga saqlab qo‘yishar edi. Qanchadan qancha orzu-umidlar va duolar arafa kunida ijobat qilingan.


2. Ushbu duoni ko‘p qilish. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duolarning yaxshisi arafa kunidagi, men va mendan oldingi nabiylarning “Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr”, deb aytgan duosidir”, dedilar.


3. Allohdan do‘zaxdan panoh so‘rash. Bu kundan ko‘ra do‘zaxdan ko‘p ozod bo‘ladigan kun yo‘q. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kuni, Alloh bandalarni do‘zaxdan ko‘p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo‘q!”.


4. Takbiri tashriq aytish. Bu kunning bomdod namozidan boshlab takbir aytiladi. “Allohu akbar! Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillaahil hamd”.


5. Ro‘za tutish. Bu kun tutilgan ro‘za ikki yillik gunohlarga kafforot bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi undan oldingi va undan keyingi yillardagi gunohlarga kafforot bo‘ladi deb Allohdan umid qilaman”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Arafa kuningiz muborak bo‘lsin. Alloh taolo sizni bu kunning fazilatlaridan to‘liq bahramand etsin.

 

Davron NURMUHAMMAD