Sayt test holatida ishlamoqda!
20 May, 2025   |   22 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:23
Quyosh
05:00
Peshin
12:25
Asr
17:27
Shom
19:43
Xufton
21:14
Bismillah
20 May, 2025, 22 Zulqa`da, 1446
Maqolalar

Erkak uchun haddidan oshgan, injiq ayoldan yomonroq ayol yo‘q

03.12.2024   3121   4 min.
Erkak uchun haddidan oshgan, injiq ayoldan yomonroq ayol yo‘q

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Kunlarning birida Qozi Shurayh rahimahulloh o‘zining do‘sti Fuzayl rahmutullohi alayhni uchratib qoldi. Hol-ahvol so‘rab: "Uying tinchmi?" dedi. Shurayh unga: "Allohga qasamki, qariyb 20 yildan beri ayolim biror marta ko‘nglimga yoqmaydigan ish qilgani yo‘q", dedi. Fuzayl bundan ajablanib: "Qanday qilib, ey Shurayh", dedi.

Solih oilaga sovchi qo‘ydim. Nikoh kechasi ayolimning soliha va go‘zal xulqli ekanini ko‘rdim. Alloh taologa soliha juft halol ato etgani uchun ikki rakat shukr namozini o‘qidim. Namozimni tugatib ortimga qarasam, ayolim ham namozni tugatib, Allohga duo qilayotgan ekan.

Uydagi mehmonlar, yaqin qarindoshlar ketishdi. Ikkimiz yolg‘iz qoldik. Shunda ayolimga sekin qo‘limni uzatdim. Ayolim: "Shoshilmang!" dedi-da, o‘rnidan turib so‘zlay boshladi. "Ey Abu Umayya men sizni yaqindan yaxshi tanimasam, sizga nima yoqishini va yoqmasligini bilmasam. Siz menga nimani yaxshi ko‘rishingizni ayting, ularni muhayyo qilay va nimalarni yoqtirmasligingizni ham ayting, ulardan uzoq bo‘lay. Ey Abu Umayya sizga munosib bo‘lgan qizlar ko‘p edi va menga ham munosib umr yo‘ldoshlar ko‘p edi. Ammo Allohning taqdiri albatta amalga oshadi. Allohning xohishi ila sizning ayolingiz bo‘ldim. Allohning Kitobi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga muvofiq mening haqqim borasida Allohdan qo‘rqing! Alloh taoloning Qur’oni karimdagi "...yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qo‘yib yuborish" degan oyatiga amal qiling!" dedi-da o‘rniga o‘tirdi.

Shunda Qozi Shurayh aytadi: "Ayolimning nutqidan so‘ng biroz o‘ylanib qoldim. Ayolim ham va’z-nasihat qilishimni kutardi". O‘rnimdan turdim-da, "Agar aytgan so‘zlaringizga amal qilsangiz, bergan va’dangizni bajarsangiz foydangizga hujjat bo‘ladi. Agar amal qilmasangiz ikki dunyoda ham o‘zingizga qarshi dalil bo‘ladi. Men falon, falon narsalarni yaxshi ko‘raman va falon, falon narsalarni xushlamayman. Agar mening biror yaxshi tomonimni ko‘rsangiz, uni keng oshkor qiling, bordi-yu biror yomonlik jihatimni ko‘rsangiz uni yashiring. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Soliha ayol berkituvchi, yomon ayol oshkor qiluvchidir”, deganlar.

Ayolim: "O‘zimning va sizning a’zolaringizni qachon ziyorat qilamiz?" dedi. Men: “Ular malollanib qolmasligi uchun vaqti-vaqti bilan ziyorat qilamiz. Hadisi sharifda ham “Vaqti-vaqti bilan (orasini uzib-uzib) ziyorat qiling, yanada ko‘proq muhabbatligini qozonasiz”, deyilgan dedim.

Aytingchi, qo‘shnilarimizdan qaysi birini uyimizga kiritishga rozi bo‘lasiz, qaysi birlarini esa kiritishimni xohlamaysiz. Yaxshi oilalarni kiritamiz, yomonlarini esa yo‘q.

Shu tariqa, oradan yillar o‘tdi. Kunlarning birida uyga kelsam ayolimning onasi ayolimga go‘zal pand-nasihatlar qilayotgan ekan. Chiroyli tarzda ko‘rishdim. Qizi onasiga juda baxtli hayot kechirayotgani haqida aytibdi. Ayolimnig onasi: "Ey Abu Umayya, ayoling yaxshimi?" deb so‘radi. "Ha, Allohga qasamki, eng yaxshi ayol", dedim. "Ey Abu Umayya har qanday erkak uchun haddidan oshgan, injiq ayoldan ham yomonroq narsa yo‘q. Ayolingni qanday bo‘lishini istasang shunday tarbiyalagin, undagi ayb-kamchiliklarni ham to‘g‘rilab turgin", dedi. Keyin qiziga burilib qarab, menga itoat etishga va quloq solishga buyurdi.

Shu tarzda yigirma yildan beri tinch-totuv, baxtli yashab kelmoqdamiz. Ayolim biror marta menga yoqmaydigan yoki jahlimni chiqaradigan ish qilgani yo‘q.

Ushbu rivoyatdan quyidagi haqiqatni bilib olishimiz mumkin. Agar oila Alloh taologa va Uning buyruqlariga itoat etishga asoslansa, Allohning O‘zi er-xotin orasida bir-biriga yaqinlik va muhabbatni paydo qiladi. Bordi-yu, oila Allohga itoatsizlik qilish ustiga qurilsa, shayton er-xotin orasini buzadi.

 

Doktor Muhammad Rotib Nobulsiy hafizahullohning ma’ruzalaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Islom va ilm: sog‘lom bolaning dunyoga kelishida onaning o‘rni

19.05.2025   1681   1 min.
Islom va ilm: sog‘lom bolaning dunyoga kelishida onaning o‘rni

Bismillahir Rohmanir Rohiym