2024 yil 2 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Toshkent shahrining Yashnabod tumanida amaliy tadbir o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislari, Toshkent shahar vakilligi xodimlari, tuman va shaharlarning bosh imom-xatiblari, Yangiyo‘l tumani imom-xatiblari, otinoyilari, shuningdek, “Haj – 2024” ziyoratchilari va mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda imom-xatib hamda otinoyilar “Haj – 2024” ziyoratchilarini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol jalb etish, masjidni boshqarish, faoliyati hamda hujjat yuritish ishlarini yaqindan o‘rganish, peshin namozlarida dolzarb mavzuda ma’ruza qilish kabi masalalar muhokama qilinib, Ishchi guruh tuzildi
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasini doirasida yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashga targ‘ib qilish, amaliy hissa qo‘shish, shaxsiy namuna ko‘rsatish, 3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bir qator ishlarni amalga oshirish reja qilindi.
Kun davomida Ishchi guruh a’zolari Yangiyo‘l shahrining 10 ta masjidi hamda 20 ta mahallasiga biriktirildi. Shuningdek, imom-xatiblar 7 toifaga mansub 100 ta oilaga, otinoyilar 3 toifaga mansub 25 ta oilaga, umumiy hisobda 125 ta oilaga kirib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot hamda amaliy yordam tadbirlarini olib bordilar.
Jumladan, nogiron va kasalmand, ehtiyojmand fuqarolar, shuningdek, tabarruk yoshdagi qariyalar yashaydigan 32 ta oilaga kirilib, ulardan ko‘ngil so‘raldi, sovg‘a-salomlar berildi, davolanish va dori-darmon uchun moddiy yordam ko‘rsatildi. Homiylarni jalb qilgan holda ehtiyojmandlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari tarqatildi. Ular orasidan o‘ta nochor bo‘lganlarining moddiy ta’minotidan xabardor bo‘lib turish rejalashtirildi.
“3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tumandagi 52-sonli alohida yordamga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Maktab ma’muriyatiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi nomidan sovg‘alar taqdim qilindi. Maktab jamoasi va o‘quvchilar haqqiga xayrli duolar qilindi.
Kun davomida Ishchi guruh a’zolari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado qilib, yig‘ilgan qavmga ma’ruza qilib berdilar. Tinchlik ne’mati, shukronalik, yosh avlod tarbiyasi, yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish kabi dolzarb mavzudagi chiqishlarda 2200 nafardan ortiq tinglovchi (namozxon) qamrab olindi.
Shu bilan birga, “Yashil makon” umummilliy loyihasi amaliy targ‘ib qilindi. Yashnabod tumanining masjidlari tomonidan masjidlar hududi hamda atroflarida jami 115 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashga amaliy hissa qo‘shildi. Ko‘chat ekish ishlariga masjid qavmi hamda mahalla fuqarolari jalb qilindi.
Tadbir so‘ngida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Yashnabod tumani imom-xatiblarning ma’naviy-ma’rifiy hamda masjid boshqaruvidagi faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Toshkent shahri imom-xatiblari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Ishchi guruh faoliyati 2024 yilning 16 dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘tkazilishi rejalashtirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman", dedilar.