Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Yanvar, 2025   |   8 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:30
Shom
17:14
Xufton
18:33
Bismillah
08 Yanvar, 2025, 8 Rajab, 1446

Agar Alloh siz bilan birga bo‘lsa, kim sizga qarshi bo‘ladi

4.12.2024   2061   1 min.
Agar Alloh siz bilan birga bo‘lsa, kim sizga qarshi bo‘ladi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Shayx Muxammad Rotib Nobulisiy hafizahulloh aytadilar:

Agar Alloh siz bilan birga bo‘lsa, kim sizga qarshi bo‘la olardi.

Agar Alloh sizga qarshi bo‘lsa, kim siz bilan birga bo‘la oladi.

Agar Allohning muhabbatini qozonsangiz, nimani yo‘qotasiz.

Agar Allohning muhabbati sizdan uzoq bo‘lsa, unda nimani qo‘lga kiritasiz.

Allohning muhabbati orqali erishilgan natija, samara va yutuqlarning adadi hamda son-sanog‘i yo‘q. Masalan, agar Alloh sizni yaxshi ko‘rsa, U Zot odamlarning qalbida sizga bo‘lgan muhabbatni paydo qiladi. Odamlarning sizni yaxshi ko‘rishi bu bebaho ne’matdir.

Agar Alloh sizni yaxshi ko‘rsa, sizga hikmatni ato etadi. “Kimga hikmat berilsa, darhaqiqat, unga ko‘p yaxshilik berilibdir”.

Hikmat ato etilgan banda, shukr qiluvchi, qanoatli bo‘ladi.

Hikmat ato etilmagan banda esa noshukr, betoqat bo‘ladi.

Hikmat ato etilgan banda, ayoli itoatsiz bo‘lsa ham baxtli hayot kechiradi.

Ammo hikmat ato etilmagan banda esa, ayoli soliha, itoatgo‘y bo‘lsa-da baxtli bo‘la olmaydi.

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar

Ota-onangizning bu so‘zlariga ishonmang!

8.01.2025   896   1 min.
Ota-onangizning bu so‘zlariga ishonmang!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Misrlik yozuvchi Anis Mansurning ota-ona haqida yozgan eng go‘zal so‘zlari:

"Ota-onang seni tashlab ketganlaridan so‘ng afsuslanasan. Chunki sen ularga biror yordam yoki biror narsa taklif qilganingda, ular "hojati yo‘q", "kerak emas qo‘yaver" deyishardi, sen esa ularga ishonarding, vijdoningni tinchlantirar eding – haqiqatan otamga kerak emas, onam hech narsa istamayapti, deb o‘ylarding.

Otalaringiz va onalaringiz "hech narsa kerak emas" deganlarida ularga ishonmang. Ular buni  sizni o‘ylab, sizni holatingizni inobatga olib yoki sizdan hijolat bo‘lib aytishadi... Siz ulardan so‘ramasdan, ularga takalluflik qilmasdan, ulardan ruxsat olmasdan bering, hadya qiling.

Ko‘pchilik odamlar aldangani kabi siz ham otangizning qariligiga aldanmang. Onangizning yoshi ulug‘ligi, ojizligi yoki soddaligi sizni aldab qo‘ymasin. Chunki ularning har birining ichida erkalatishga va e’tiborga muhtoj bo‘lgan bir bola yashaydi".

Homidjon domla ISHMATBЕKOV