Bismillahir Rohmanir Rohiym
Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:
"Fisqu fujur va gunohlardan nafrat qilmaslik ham gunohdir. Gunohlardan nafrat qilish va ularni yomon deb bilish – iymon va Islomning taqozosi. Lekin gunohlarga mubtalo odamga nisbatan qalbda xaqorat bo‘lmasligi lozim. Balki unga rahm qilish kerak. Bir odam bemor bo‘lsa va muolaja uchun shifokor oldiga borsa: “Sen nega kasal bo‘lding?” deya undan norozi bo‘lish shifokorning ishi emas. Balki, “bu bechora dardga mubtalo bo‘libdi”, deb kasalga rahm qiladi va muolajani boshlaydi. Keyin ortidan “Allohim! Uning dardini ketkaz!” deya haqqiga duo qiladi.
Gunohkor, fosiq odam bilan ham xuddi shunday muomala qilinishi lozim. Ularning fisqu fujuriga g‘azab va nafrat bo‘laversin. Lekin uning o‘ziga nisbatan emas. Balki, “Bu odam Robbimning yaratgan bandasi” degan e’tibor bilan unga muhabbat qilsin va Alloh taolo uni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin deya duolarida iltijo etsin".
"Nasihatlar guldastasi" kitobidan