Savol: Guvohlarsiz nikohdan o‘tganmiz. Shu nikohimiz to‘g‘ri bo‘lganmi? Agar noto‘g‘ri bo‘lgan bo‘lsa, nima yo‘l tutishimiz kerak?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Nikohda guvohlarning bo‘lishi shartdir. Bu haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:
لَا نِكَاحَ إلَّا بِشُهُودٍ
“Nikoh faqat guvohlar bilan durust bo‘ladi” (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Shunga ko‘ra, agar nikoh guvohlarsiz, ya’ni kamida ikki erkak yoki bir erkak va ikki ayolning guvohligisiz o‘qilgan bo‘lsa, uni guvohlar huzurida qaytadan o‘qish lozim bo‘ladi.
فِي مَآلِ الْفَتَاوَى لَوْ تَزَوَّجَ بِغَيْرِ شُهُودٍ ثُمَّ أَخْبَرَ الشُّهُودَ عَلَى وَجْهِ الْخَبَرِ لَا يَجُوزُ إلَّا أَنْ يُجَدِّدَ عَقْدًا بِحَضْرَتِهِمْ .
“Maolil-Fatovo kitobida yozilishicha, bir kishi guvohlarsiz nikohlansa, so‘ng guvohlarga bu haqida xabar bersa, durust bo‘lmaydi. Faqat nikohni guvohlar huzurida yangidan o‘qitsa, shundagina nikohi durust bo‘ladi” (“Al-Bahr ar-Roiq” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV