Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Aprel, 2025   |   24 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:07
Quyosh
05:33
Peshin
12:27
Asr
17:11
Shom
19:14
Xufton
20:34
Bismillah
22 Aprel, 2025, 24 Shavvol, 1446
Yangiliklar

O‘zbekiston 2024 yilda Osiyoning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi sifatida tan olindi

05.12.2024   3247   2 min.
O‘zbekiston 2024 yilda Osiyoning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi sifatida tan olindi

Kecha Kuala-Lumpur shahrida Malayziyaning "Research House of Asia Media" media kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan Osiyo mintaqasi mamlakatlarida tadbirkorlik hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha sotsiologik va marketing tadqiqotlari natijalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Malayziya hukumati a’zolari, 20 dan ortiq Osiyo davlati vakillari, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining yetakchi ishbilarmon doiralari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


Marosimda 2024 yilda "Osiyoning eng yaxshi o‘ntaligi" va "Malayziyaning eng yaxshi o‘nligi" nominatsiyalari bo‘yicha erishgan yuksak yutuqlari uchun mukofotlar topshirildi.


"Yilning eng yaxshi yo‘nalishi" nominatsiyasida O‘zbekiston "Osiyoda 2024 yilgi eng yaxshi me’moriy meros sayohati yo‘nalishi" sifatida g‘olib deb topildi. Tegishli diplomni O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyevga Malayziya Qiroli Sulton Ibrohimning singlisi Mariam Zahro topshirdi.


Mazkur nufuzli mukofot taqdimoti chog‘ida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston hududida YUNЕSKOning beshta jahon madaniy meros obyektlari mavjud. Qayd etilishicha, O‘zbekiston o‘zining milliy o‘ziga xosligini, ko‘plab islom madaniyati va me’morchiligi yodgorliklarini saqlab qola oldi. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlar noyob tarixiy obidalari bilan mamlakat chegaralaridan tashqarida ham juda mashhur. Chunki, ushbu shaharlar tarixda Sharqning muhim davlat va ilmiy markazlari bo‘lgan. Mazkur mukofot O‘zbekiston hukumatining butun dunyodan tobora ko‘proq sayyohlarni jalb etayotgan tarixiy obidalarni asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarining e’tirofidir.


"Top 10 of Asia"ning boshqa nominatsiyalarida Livan (eng yaxshi milliy taomlar), Iordaniya (arxeologik meros), Kuvayt (barqaror rivojlanish), Indoneziya (tez rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti) va Tojikiston (eng yaxshi tabiiy resurslar) g‘olib bo‘ldi.

 

"Research House of Asia Media" – bu Malayziyadagi eng yirik noshirlik uylaridan biri bo‘lib, "The Top 10 of Asia", "The Top 10 of Malaysia", "The Top 10 of Indonesia", "The Top 10 of Singapore", "The Top 10 of Thailand" va "The Top 10 of Lifestyle" kabi ingliz tilidagi jurnallariga egalik qiladi. Jurnallar har oyda 10 ming nusxadan bosiladi. Ular Malayziya va Janubi-Sharqiy Osiyodagi yetakchi kitob do‘konlari, diplomatik korpus, mehmonxonalar, savdo uyushmalari va davlat idoralariga tarqatiladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Matbuot xizmati
 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Kimga din berilgan bo‘lsa...

21.04.2025   2626   1 min.
Kimga din berilgan bo‘lsa...

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Albatta Alloh taolo rizqlaringizni taqsimlaganidek, xulqlaringizni ham taqsimlagan. Alloh taolo dunyoni yaxshi ko‘rgan va yaxshi ko‘rmagan bandasiga ham beraveradi. Ammo dinni faqat O‘zining suygan bandasiga beradi. Kimga dinni ato etgan bo‘lsa, batahqiq uni yaxshi ko‘ribdi", dedilar.