Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Taxminan 1000 yillar avval biron-bir zamonaviy uskunalar yoki sun’iy yo‘ldoshlarga ega bo‘lmagan holda, musulmon tadqiqotchisi Abu Rayhon Beruniy Yer kurrasning radiusi 6338,80 kilometr ekanini e’lon qilgan.
So‘ngra esa uni haqiqiy o‘lchovi 6370,98 kilometr (6371,3 ham deyiladi) ekani aniqlandi. Beruniy faqat 32 kilometrga yanglishgan. Buning sababi esa yer to‘liq shar shaklida emasligidir.
Izoh: Yer sayyorasi to‘g‘ri geometrik shaklga ega emas. Yerning shakli geoid deb ataladi. Umuman olganda, Yerning shakli ellipsoidga yaqindir.
Abu Rayhon Beruniy Yer shari o‘z o‘qi atrofida aylanishini birinchi bo‘lib aytgan shaxsdir. Zamonaviy o‘lchash uskunalari hali kashf qilinmasidan oldin yer atrofini o‘lchab, 99,7 foizlik natijani qayd etgan.
Beruniy tibbiyot, falsafa, ximiya, fizika, matematika, geologiya, astronomiya, tarix, dorishunoslik, geografiya, tarjima fanida olim hamda geodeziya ilmining asoschisidir. Turli ilmlarga oid 120 dan ortiq kitob ta’lif qilgan.
«Hilol» jurnali 4(61) son
Narpay tumani markaziy masjidi hisoblangan “Naqshbandiy” jome masjidining yangi binosi qurilishiga dastlabki g‘isht qo‘yildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda oqsoqollar, imomlar, ziyoli va mas’ullar ishtirok etdi.
Marosimda so‘z olgan Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrulla domla Sattorov va tuman hokimi Sherbek Buranov masjid qurishning foydalari, katta savobligi, uning homiylar va hashar yo‘li bilan barpo etilayotgani tahsinga loyiqligini ta’kidladi.
Xayrli ishni boshlashdan oldin Qur’oni karim tilovat qilinib, ezgu amallar bardavom bo‘lishi, elu yurtga omonlik va farovonlik so‘rab, duoga qo‘l ochildi.
Ma’lumot o‘rnida ushbu yangi masjid ikki qavatdan iborat bo‘lib, jami 5 000 namozxonni o‘z bag‘riga oladi. Uning qurilish ishlari 2026 yilga qadar yakunlanishi mo‘ljallangan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
Matbuot xizmati