Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446
Maqolalar

Ayollarga misvok ishlatish mumkin emasmi?

6.12.2024   3231   1 min.
Ayollarga misvok ishlatish mumkin emasmi?

Cavol: Ayol kishi ham misvok tutadimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, ayollar ham tishlarni tozalash uchun misvok ishlatishi sunnat amal. Misvok faqat erkaklarga xoslanmagan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Agar ummatimga mashaqqat bo‘lmaganida, ularni har namozdan oldin misvok ishlatishga buyurgan bo‘lar edim” (Abu Dovud rivoyati).

Oisha onamiz roziyallohu anho shunday rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam misvok tutardilar, so‘ng uni yuvishim uchun menga berar edilar. Men avval u misvokni ishlatib, keyin yuvar edim va o‘zlariga qaytarib berardim” (Abu Dovud rivoyati).

Hanafiy fiqhi manbalarida ayollar misvok o‘rniga saqichdan foydalanishi mustahab ekani aytilgan: Niyat bilan qilinsa, saqich misvokning o‘rnini bosadi. Chunki davomiy misvok ishlatish ayolning tishlarini zaiflashtiradi. Shu sababli (tishlarni poklash uchun) saqich ayol uchun mustahabdir (Al-Bahr ar-roiq”, “Ar-Radd al-muhtor).

Demak, tahoratda ayollar misvok, barmoqlari yoki zamonaviy tish tozalash vositalaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Iymon bayoni

10.01.2025   1439   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov

VIDEO