I. Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
2. Bank K-2 shakldagi ma’lumotnoma
3. Nimcha (kamzul) namunalari
4. Tijorat taklifi
5. Korxonaning bankdagi so‘nggi bir yillik pul mablag‘lari aylanmasi haqida ma’lumotnoma
6. Bog‘lanish ma’lumotlari
7. Amaldagi qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
II. Mahsulotlarga qo‘yilgan talablar
O‘lchamlari 50-52-54-56-58 bo‘lishi, tugmali, kiyimning orqa tomonida O‘zbekiston bayrog‘ining tasviri va UZBEKISTAN yozuvi bo‘lishi, og‘irligi 190-220 gramm zichlikda bo‘lib, rangi moviy bo‘lishi lozim. Old tomonida uchta cho‘ntak bo‘lib, yuqori chap cho‘ntak ustiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazining logotipi tushirilishi kerak.
2. Ayollar nimchasi
O‘lchamlari 50-52-54-56-58. Tugmali, kiyimning orqa tomonida O‘zbekiston bayrog‘ining tasviri va UZBEKISTAN yozuvi bo‘lishi, og‘irligi 190-220 gramm zichlikda bo‘lib, rangi moviy bo‘lishi kerak. Old tomonida ikkita cho‘ntak bo‘lib, yuqori chap qismida O‘zbekiston musulmonlar idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazining logotipi tushirilishi lozim.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan korxona va tashkilotlar 2024 yil 24 dekabr kuniga qadar mazkur hujjatlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasiga taqdim etishi zarur.
Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani Qorasaroy ko‘chasi, 47-uy. Telefonlar: 71-240-04-75.
«Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurti Axborot-resurs markazi fondiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekovning «Islom fiqhi asoslari» kitobidan 50 dona hadya qilindi.
Kitobda Islom voqeiy din ekani va barcha zamonu makonlarga mos hamda muvofiq kelishi saodat asrida sodir bo‘lgan voqea-hodisalar asosida ilmiy asoslab berilgan. Bir misol. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Yamanga qozi qilib tayinlaganlarida bunday deganlar: “Agar sen biror muammoga duch kelsang, qanday hukm qilasan?” Shunda u: “Qur’ondan hukm chiqaraman”, dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar Qur’ondan uning hukmini topa olmasang-chi?” deb so‘radilar. “Unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan hukm izlayman”, dedi. “Agar Rasulullohning sunnatlaridan ham topa olmasang-chi?” deb so‘raganlarida: “U holda aqlimga suyanib ish tutaman”, dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muozning yelkasiga qoqib: “Rasulullohning elchisini O‘zi rozi bo‘ladigan ishga muvaffaq qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin”, dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida yoki u kishi bo‘lmagan vaqtlarda sahobalar tomonidan bunday ijtihodlar ko‘plab sodir bo‘lgan. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning chiqargan hukmlaridan to‘g‘risini tasdiqlab, xatolarini tuzatib qo‘yar edilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati