Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Ismingiz Arshda zikr etilishini istaysizmi?

10.12.2024   9795   1 min.
Ismingiz Arshda zikr etilishini istaysizmi?

“Albatta, Allohning zikri buyuk ishdir” deb marhamat qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin!

“Alloh zikr qilinadigan uy bilan Alloh zikri qilinmaydigan uy xuddi tirik va o‘likka o‘xshaydi” deya ummatlariga zikrning fazilatlarini go‘zal misollar ila yetkazgan Habibimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar bo‘lsin!

Ka’bul Ahbor rahimahulloh aytadilar: “Allohning zikri bilan uyingizni nurga to‘ldiring. Xonadoningizga namozingizdan bo‘ladigan xursandchilikni olib kiring. Allohga qasamki, albatta, ularning nomlari samo ahliga ma’lumdir. Ular: “Falonchi uyini Allohning zikri bilan obod qilyapti”, deyishadi”.

Ka’b rahmatullohi alayhi dedilar: «“Subhanalloh”, “Alhamdulillah”, “Laa ilaha illalloh” va “Allohu akbar” zikrlari Arshning atrofida asalarining g‘uvillashi kabi eshitiladi. Ular o‘z egasini va uning solih amallarini zikr qilib turadi».

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Fursat g‘animatdir

22.07.2025   1584   2 min.
Fursat g‘animatdir

Inson hayotida eng qimmatbaho ne’matlardan biri vaqtdir. U nihoyatda tez o‘tadi, biror narsaga bog‘lab, to‘xtatib, ortga qaytarib bo‘lmaydi. Har lahza inson umridan bir bo‘lakdir. Shuning uchun vaqtni samarali o‘tkazish, uni qadrlash har bir aqlli inson uchun juda muhim.


Har insonga bir umr berilgan. U yillar, oylar, kunlar, daqiqalar bilan hisoblanadi. Bir soat bekorga ketsa, umrimizdan bir qism bekor ketgan bo‘ladi. Ko‘pincha biz "ertaga qilib qo‘yaman", "keyinroq boshlayman" deya o‘zimizni aldab qo‘yamiz. Aniq reja asosida hayot kechirish, har bir kunni maqsadli va mazmunli o‘tkazish vaqtdan unumli foydalanishning asosiy yo‘lidir. Ilm o‘rganish, mehnat qilish, sog‘liqqa e’tibor qaratish, oila va yaqinlarga vaqt ajratish — bularning bari vaqtning to‘g‘ri taqsim qilinishi bilan bo‘ladi.


Tan olish kerak, zamonaviy texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va axborot oqimi vaqtimizni o‘g‘irlab, bizni chalg‘itmoqda. Lekin ayb o‘zimizda. Ba’zan keraksiz narsalarga soatlab vaqt sarflaymiz, keyin esa "vaqtim yetmadi" deb shikoyat qilamiz. Shuning uchun ham hayotda "nimalar muhim, nimalar esa vaqt sarflashga arzimaydi" degan savolga aniq javob topib olish lozim. Vaqtga e’tiborli inson – mas’uliyatli insondir. U har bir vazifani o‘z vaqtida bajaradi, orzulari sari qat’iyat bilan intiladi va hayotini nazorat qila oladi.


Islom dinida ham vaqtga alohida ahamiyat berilgan. Qur’oni karimdagi Asr surasida Alloh taolo asr (vaqt)ga qasam bilan insonning zararda ekani ta’kidlagan. Bu esa vaqtning beqiyos ekanini yana bir bor yodga soladi. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina najot topishi aytilib, ulgurib qolishga da’vat etilgan. Demakki, vaqtni to‘g‘ri sarflay olgan insongina yutuqqa erishadi. Hayotimizdagi har bir daqiqa – bebaho xazina. Undan oqilona foydalanib qolish kerak, azizlar.

Abdulvohid ISAQOV,

Namangan shahridagi

“Miryoqubboy Mirhakimboy”

jome masjidi imom xatibi

Maqolalar