Cavol: “Ixlos” surasini 100 marta o‘qiganda har safar “Bismillah”ni aytiladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Suralarni boshlashdan avval “Basmala (Bismillahir Rohmanir Rohiym)”ni aytish sunnat amal sanaladi.
Basmala Qur’oni karimdan bir oyat bo‘lib, suralarning orasini ajratish uchun nozil bo‘lgan. Bu haqda Alloma Zaylaiy aytadilar:
الْبَسْمَلَةُ آيَةٌ مِنْ الْقُرْآنِ لَيْسَتْ مِنْ أَوَّلِ كُلِّ سُورَةٍ وَلَا مِنْ آخِرِهَا وَإِنَّمَا أُنْزِلَتْ لِلْفَصْلِ
“Basmala Qur’ondan bir oyat bo‘lib, har bir suraning boshidan ham, oxiridan ham bir oyat emas. Suralar orasini ajratish uchun nozil qilingan” (“Tabyinul-haqoiq” kitobi).
Shundan kelib chiqib, Ixlos surasini 100 marta o‘qimoqchi bo‘lgan kishi har har safar surani boshlashdan avval “Basmala" aytishi sunnatdir. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Albatta Alloh taolo rizqlaringizni taqsimlaganidek, xulqlaringizni ham taqsimlagan. Alloh taolo dunyoni yaxshi ko‘rgan va yaxshi ko‘rmagan bandasiga ham beraveradi. Ammo dinni faqat O‘zining suygan bandasiga beradi. Kimga dinni ato etgan bo‘lsa, batahqiq uni yaxshi ko‘ribdi", dedilar.