Cavol: “Ixlos” surasini 100 marta o‘qiganda har safar “Bismillah”ni aytiladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Suralarni boshlashdan avval “Basmala (Bismillahir Rohmanir Rohiym)”ni aytish sunnat amal sanaladi.
Basmala Qur’oni karimdan bir oyat bo‘lib, suralarning orasini ajratish uchun nozil bo‘lgan. Bu haqda Alloma Zaylaiy aytadilar:
الْبَسْمَلَةُ آيَةٌ مِنْ الْقُرْآنِ لَيْسَتْ مِنْ أَوَّلِ كُلِّ سُورَةٍ وَلَا مِنْ آخِرِهَا وَإِنَّمَا أُنْزِلَتْ لِلْفَصْلِ
“Basmala Qur’ondan bir oyat bo‘lib, har bir suraning boshidan ham, oxiridan ham bir oyat emas. Suralar orasini ajratish uchun nozil qilingan” (“Tabyinul-haqoiq” kitobi).
Shundan kelib chiqib, Ixlos surasini 100 marta o‘qimoqchi bo‘lgan kishi har har safar surani boshlashdan avval “Basmala" aytishi sunnatdir. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
Unda qator loyiha va konsepsiyalar muhokama qilindi. Xususan, markaz faoliyati bilan bog‘liq vazifa va topshiriqlar ijrosi, ilmiy-innovatsion loyihalarni toifalash va shartnomalar tuzish, xorijdan olib kelinadigan eksponatlar ro‘yxati, “Vaqt devori” suratlari konsepsiyalarini tasdiqlash, “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish kabi masalalar muhokama qilindi.