Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Avgust, 2025   |   11 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:50
Quyosh
05:22
Peshin
12:34
Asr
17:29
Shom
19:39
Xufton
21:04
Bismillah
05 Avgust, 2025, 11 Safar, 1447

Qalb qotib, qoraysa

20.03.2024   763   5 min.
Qalb qotib, qoraysa

«Dinni (oxirat jazosini) inkor etadigan kimsani ko'rganmisiz?! Bas, u etimni jerkiydigan... kimsadir» (Mo'un, 1–2).

Yetimning haqini bermay, unga zulm qilish imonsiz bandalarning sifatlaridan ekani Mo'un surasida bayon etilgan. Alloh taolo Niso surasida bunday ogohlantiradi: «Voyaga etgan etimlarga mol-mulklarini (qaytarib) beringiz, pok narsani nopok narsaga almashtirmangiz! Ularning mollarini o'z mollaringizga qo'shib ham emangiz! Zero, bu katta gunohdir» (Niso,2)«Yetimlarning mol-mulklarini zulm yo'li bilan eydigan kimsalar, albatta, qorinlarida olov egan bo'lurlar va albata, do'zahda kuygaylar» (Niso, 10).

Dinimiz etimlarga g'amxo'rlik qilishni targ'ib qiladi. Yetimning haqini ado etishga, unga ota-onadek suyanchiq va mehribon bo'lishga chaqiradi.

Yetimni o'z qaramog'iga olib, uni tarbiya qilgan kishiga ulug' ajrlar bor. Sahl ibn Sa'd (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) aytadilar: “Men va etimni himoyasiga olgan jannatda mana bundaymiz”, deb ko'rsatkich hamda o'rta barmoqlarini birlashtirdilar» (Imom Buxoriy rivoyati).

Ibn Battol aytadi: “Bu hadisni eshitgan har bir mo'min etimlar uchun  mehr-shafqatli va mehribon bo'lishi lozimdir. Zero, shu amali tufayli suyukli Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bilan jannatda birga bo'ladi.

Shayx Abdulloh Nosih aytadi: “Bola quvnoq va go'daklik chog'ida uning otasi vafot etib, o'ziga mehribon va rahm-shafqatli qo'lni topolmasa, tarbiyasi buziladi va jinoyat ko'chasiga qadam qo'yadi”.

Yetimlarga g'amxo'rlik qilishda ikkita muhim foyda bor: biri jamiyatda yomon axloqli yoshlar o'sishidan saqlash, ikkinchisi yaxshi xulq sohiblarini ko'paytirishdir.

Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Rasullulloh (sollallohu alayhi vasallam)ga bir kishi o'zining qalbi qotib, qorayganidan shikoyat qildi. Shunda U Zot alayhissalom: “Yetimlarni boshini sila, miskinlarga g'amxo'rlik qilgin”, dedilar» (Imom Ahmad rivoyati).

Shu o'rinda bir masala xususida to'xtalib o'tish foydadan xoli emas. Ba'zi ota-onalar borki, ular farzandlari tarbiyasiga umuman e'tibor berishmaydi. Ana shunday kishilar haqida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday marhamat qilganlar: “Erning o'z oilasini nafaqasiz tashlab, ularni zoye qilgani gunohkor ekanligiga kifoya qiladi” (Abu Dovud rivoyati). Boshqa bir hadisda esa: “Alloh unday kimsaga jannatni harom qilgan”, deyilgan (Imom Buxoriy rivoyati).

Solih musulmonlar etimlarga g'amxo'rlikda namuna bo'lganlar. Zayd ibn Aslam otasidan rivoyat qiladi: «Men Umar (roziyallohu anhu) bilan bozorda yurgan edim. Bir yosh ayol oldimizga kelib: “Yo Amiral mo'minin! Mening erim halok bo'ldi. Bolalarimni boqishga esa hech vaqoim yo'q. Ularning o'lib qolishidan qo'rqyapman. Men Haffof ibn Iymo G'iforiyning qiziman. Otam Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan Hudaybiyada qatnashgan”, dedi. Umar (roziyallohu anhu): “Sen xafa bo'lma”, dedilar va uylaridagi tuyani olib kelib, unga ikki katta idishda don yuklab haligi ayolga berdilar. Yana unga ma'lum miqdorda pul va kiyim ham tortiq qildilar. Shunda bir kishi: “Ey Umar! U ayolga ko'p narsa berib yubordingiz”, dedi. Umar (roziyallohu anhu): “Sening holingga voy bo'lsin! Uning otasi Islomga mustahkam qo'rg'on qo'ygan kishilardan edi”, dedilar» (Imom Buxoriy rivoyati).

Yetim – otasi o'lgan va balog'atgan etmagan boladir. Agar bola balog'atga etsa, etim hisoblanmaydi. Ammo bola balog'at yoshiga etsa-da, aqli noqis bo'lsa, etim hisoblanaveradi.

Agar etim zakot beriladigan shaxslar qatoriga kirsa, faqir yoki miskin bo'lsa, unga zakot berish mumkin. Zaynab onamiz (roziyallohu anho) Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan: “Erimga va uyimdagi etimlarga sadaqa (zakot) bersam bo'ladimi?” deb so'raganida, Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) ijozat berganlar.

Jaloliddin domla HAMROQULOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh tutgan yo‘l

04.08.2025   2039   1 min.
Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh tutgan yo‘l

#Imom_Moturidiy

يقول أبو المعين النسفي : "والشيخ الإمام أبو منصور الماتريدى رحمه الله كان من أشد الناس اتباعًا لأبي حنيفة فى الأصول والفروع جميعا"

Abul Mo‘iyn Nasafiy rahimahulloh aytadilar: "Usulda ham, furu’da ham, Imom Abu Hanifa yo‘lini tutgan odamlarning eng mahkami Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahullohdir".  

"At-Tamhid li-qavoidit-tavhid" kitobi (23-bet)

Manba: @AhliSunnaValJamoaUz

INFOGRAFIKA