Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyun, 2025   |   1 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
26 Iyun, 2025, 1 Muharram, 1447
Maqolalar

Shaytondan himoyalanish duosi

13.12.2024   5220   1 min.
Shaytondan himoyalanish duosi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon masjidga kirsalar:

أَعُوذُ بِاللهِ العَظِيمِ وَبِوَجْهِهِ الكَرِيْمِ وَسُلْطَانِهِ القَديمِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ

«A’uzu billahil ’aziym va bivajhihil kariym va sultonihil qodiym minash shaytonir rojiym», der edilar. Agar mana shu duo o‘qilsa, shayton: «Boshqa kunlarda ham mendan muhofaza qilindi», deb aytadi» (Abu Dovud rivoyati).

Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Qiyomat kuni dahshatli emas!

25.06.2025   2876   1 min.
Qiyomat kuni dahshatli emas!

Qiyomat kuni ba’zilar o‘ylaganidek dahshatli emas, balki u Kun ahdiga sodiq bo‘lgan va o‘sha Kun uchun amal qilganlar uchun ajoyib va go‘zal kun bo‘ladi: “Ularni buyuk dahshat mahzun qilmas” (Anbiyo surasi, 103-oyat).

Ular qayta tirilganlarida  va farishtalar ularni kutib turganini ko‘rganlarida, u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Farishtalar ularni: «Bu sizlarga va’da qilingan kuningizdir», – deya kutib olurlar” (Anbiyo surasi, 103-oyat).

Ular shodlikdan butun olamga jar solganda u Kun ajoyib kun bo‘ladi: “Mana, mening kitobimni o‘qib ko‘ringlar!” (Haaqqo surasi, 19-oyat).