Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyun, 2025   |   12 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:35
Bismillah
08 Iyun, 2025, 12 Zulhijja, 1446

Rasululloh ﷺning nogiron bir kishiga mehribonliklari

14.12.2024   3234   1 min.
Rasululloh ﷺning nogiron bir kishiga mehribonliklari

Abdulloh ibn Abu Avfodan rivoyat qilinadi:

Madinada bir nogiron kishi bor edi. U yaqinlariga: “Meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga boradigan yo‘lga qo‘yinglar”, dedi. Nogiron Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yo‘llariga qo‘yildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon masjidga borsalar, unga salom berar edilar.

Nogiron kishining yaqinlari uni oilasiga qaytarish uchun kelsalar u: “Yo‘q, Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayot ekanlar, men bu yerni tark etmayman. Men uchun shu yerda bir kulba qurib beringlar”, dedi. Unga kulba qurib berdilar. Nogiron shu joyda yashay boshladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har safar masjidga borganlarida, uychaga kirib, nogiron kishiga salom berar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror taom berilsa, undan nogiron kishiga ham yuborar edilar.

Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirgan edik. U zot alayhissalomning oldilariga birov kelib, nogiron kishining vafot etganini yetkazdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rinlaridan turdilar, biz ham u zot bilan birga turdik. Kulbaga yaqinlashganlarida, sahobalariga: “Mendan boshqa biror kishi kulbaga yaqinlashmasin!” dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyga yaqin keldilar. U yerda Jabroil alayhissalom nogiron kishining boshida o‘tirgan edi. Jabroil alayhissalom: “Yo Allohning Rasuli! Agar Siz kelmaganingizda, o‘rningizga uning (marhumning yuvish) ishini biz bajarar edik. Ammo siz keldingiz va bunga siz haqliroqsiz”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rinlaridan turib, o‘z qo‘llari bilan uni yuvdilar, kafanladilar va unga janoza o‘qib, qabrga qo‘ydilar”.

Davron NURMUHAMMAD 
Abd Ibn Humayd Keshiyning "Musnadi Keshiy" asaridan.

Boshqa maqolalar
Videolar

Navoiylik hojilar mamnun

02.06.2025   6315   1 min.
Navoiylik hojilar mamnun

 

Videolavhalar