Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Avgust, 2025   |   8 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:46
Quyosh
05:19
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:43
Xufton
21:09
Bismillah
02 Avgust, 2025, 8 Safar, 1447

Muftiy hazrat: Imomlar jamiyatda har doim namuna bo‘lishi kerak

16.12.2024   49594   1 min.
Muftiy hazrat: Imomlar jamiyatda har doim namuna bo‘lishi kerak

Bugun, 14 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Andijon viloyati safarlari davomida tuman-shahar bosh imom-xatiblari va “Sayyid Muhyiddin maxdum” bilim yurti mudarrislari bilan yig‘ilish o‘tkazdilar.

Uchrashuv avvalida Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yurtimiz taraqqiyotining yangi davrida diniy sohada amalga oshirilgan islohotlar va soha vakillari oldida turgan muhim vazifalar haqida so‘z yuritdilar. Jumladan, har bir imom-xatib masjiddagi faoliyati bilan birga o‘ziga biriktirilgan mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilashda ham faol xizmat qilishlarini ta’kidladilar. Shuningdek, imom-domlalar har bir ishni qonunchilik doirasida amalga oshirishlari va din peshvosi bo‘lgan imomlar jamiyatning eng namunali kishisi bo‘lishlariga katta urg‘u qaratdilar.
Tahliliy ruhda o‘tgan majlisda Muftiy hazratlari keyingi yillarda Andijon viloyatida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilayotgani, imom-xatiblar shariat xodimi sifatida xalqimiz diniy ehtiyojini qondirish va xayriya ishlarini keng ko‘lamda ado etayotganlarini ta’kidlash barobarida ba’zi imom-xatiblar faoliyatida kamchiliklar ko‘zga tashlanayotgani, ular o‘zlarini isloh qilishlari lozimligini alohida qayd etdilar. 
Shuningdek, ustoz-muddarislik ham jamiyat hayotida eng muhim maqom va odamlar e’tiboridagi ulug‘ kasb ekani, bugungi kunda barcha sohada bo‘lgani kabi diniy jabhada ham har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlash juda ham zarur ekanini bayon etdilar.

Yig‘ilish davomida mutasaddilar o‘tayotgan yil yakunlari va kelgusi yilgi rejalar yuzasidan axborot berdi. Shuningdek, mas’ullarga soha faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Muftiy hazrat: Imomlar jamiyatda har doim namuna bo‘lishi kerak Muftiy hazrat: Imomlar jamiyatda har doim namuna bo‘lishi kerak Muftiy hazrat: Imomlar jamiyatda har doim namuna bo‘lishi kerak Muftiy hazrat: Imomlar jamiyatda har doim namuna bo‘lishi kerak Muftiy hazrat: Imomlar jamiyatda har doim namuna bo‘lishi kerak Muftiy hazrat: Imomlar jamiyatda har doim namuna bo‘lishi kerak Muftiy hazrat: Imomlar jamiyatda har doim namuna bo‘lishi kerak Muftiy hazrat: Imomlar jamiyatda har doim namuna bo‘lishi kerak Muftiy hazrat: Imomlar jamiyatda har doim namuna bo‘lishi kerak Muftiy hazrat: Imomlar jamiyatda har doim namuna bo‘lishi kerak
Boshqa maqolalar

“Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar

01.08.2025   2878   1 min.
“Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar

Ma’ruf ibn Fayruz al-Karxiy rahimahulloh aytadilar:

“Dunyo to‘rt narsadan iborat: mol, so‘z, uyqu va taom. Mol tug‘yonga olib boradi, so‘z adashtiradi, uyqu esdan chiqaradi, taom shahvatga yetaklaydi”.


“Solihlar ko‘p, lekin ular ichida siddiqlar kam”.


“Alloh kimga yaxshilikni istasa, unga amal eshigini ochib, tortishish eshigini yopadi. Agar yomonlik istasa, amal eshigini yopib, tortishish eshigini ochadi”.


“Allohga tavakkul qil, toki U sening ustozing va shikoyat qiladigan Zoting bo‘lsin. Chunki insonlardan naf yo‘q”.


“Ko‘zlaringizni tiying, hatto urg‘ochi qo‘ydan ham”.


“Saxiylik — muhtoj paytda muhtoj narsani boshqa birovga berishdir”.


“Tungi ibodat mo‘min uchun qiyomat kunida nur bo‘lib, o‘ngu so‘lini yoritadi. Kunduzgi nafl ro‘za esa, bandani do‘zaxning issig‘idan uzoqlashtiradi”.


“Qiyomat kunida bir nido qilguvchi: “Ey Allohni madh qilganlar turinglar”, deb nido qiladi. Shunda, “Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar turishadi”.


“Avliyolarning alomati nima?” — deb so‘rashdi. “Alomatlari uchtadir: Alloh uchun g‘am chekadi, Alloh bilan mashg‘ul bo‘ladi va Alloh tomonga qochishadi”.


Dovud Toiyning do‘stlaridan biri menga: “Amalni tashlama. U seni Robbingning roziligiga yaqinlashtiradi”, dedi. Men undan: “Qaysi amalni?” deb so‘radim. U: “Robbingga doimiy itoat, musulmonlarga xizmat va ularga nasixat dedi.
 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV