Bismillahir Rohmanir Rohiym
Agar muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz:
1. Mansab haqida o‘ylamang, asosiy maqsadingiz orqaga qaytmaslik bo‘lsin.
Agar muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz:
2. Vaqtni behuda sarflamang, vaqt juda qadrli, umringiz esa, cheklangan. (Tartibli bo‘ling): namozingiz, uyqingiz, ertalab turishingiz, ishingiz, ovqatlanishingiz, uchrashuvlaringiz va mashg‘ulotlaringizni rejalashtiring.
Agar muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz:
3. Mo‘jiza kutib o‘tirmang, imkoniyatlar o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Imkoniyatlarni siz yaratasiz.
Agar muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz:
4. Mashg‘ulotlar og‘irligidan yoki ovqatning ta’midan yosh bolalardek shikoyat qilmang. O‘zingizdan sabrli va moslashuvchanlik qobiliyatiga ega shaxsiyat yarating. Har qanday qiyinchiliklarga moslashing va ularni yengib o‘ting.
Agar muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz:
5. Yiqilgandan keyin qaytadan turishni davom ettiring. Siz o‘ylaganingizdan ko‘ra kuchliroqsiz. Ozuqa, uyqu, mashg‘ulotlar, yorqin tabassum, g‘ajib tashlaydigan tishlaringizni namoyon qiladigan kulishingiz, o‘zingizga ishonch va hechan bukilmaydigan qadlingiz – bularning barchasi sizda mavjud. Siz – muvaffaqiyat uchun yaratilgan qahramonsiz.
6. Odamlar bilan haddan tashqari ko‘p aralashishdan ehtiyot bo‘ling. Bu ijtimoiy zehningizni oshirishi, odamlar bilan muloqot qilish malakasini paydo qilishi mumkin, ammo aqlingiz yangicha g‘oyalar yaratishga qodir bo‘lmay qoladi. Shuning uchun odamlar bilan aralashing, ammo me’yorda.
7. Biror kishini o‘zingizga o‘rnak qilishdan ehtiyot bo‘ling. Bu sizning aqlingizni to‘liq buzib tashlaydi. Faqat o‘zingizni o‘zingizga o‘rnak qiling. Siz tabiatan aqlsiz qilib yaratilgan emassiz, balki aqlingizni birovga taqlid qilishga yo‘naltirishingiz – uni zoye ketkazish demakdir.
8. Chuqur munosabatlardan uzoq bo‘ling. Hech kimni hayotingizda asosiy o‘ringa qo‘ymang. Xohlaganingizcha yaqin bo‘ling, ammo bir kuni ularsiz qolishingiz mumkinligini doim esda tuting.
9. Boshqalar sizdan kim bo‘lishingizni xohlayotgan bo‘lsa, o‘shanday bo‘lishdan saqlaning. Hech narsani o‘zgartirmang, o‘zingizni va hayotingizni o‘zingiz yaxshi ko‘radigan tarzda yashang.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV
Bugun, Zulhijjaning 8-kuni mehmonxonadan tashkiliy guruh boshchiligida avtobuslarda talbiya aytib, Minoga yetib kelgan bo‘lg‘usi hojilarimiz: "Allohim bu Minodir. Sen do‘stlaringga ato etgan ehsonlaringdan menga ham in’om et!”, deb duolar qilishdi.
Mino maydonida O‘zbekiston hojilari uchun alohida joy ajratilgan. Bu yerda hojilarimiz bemolol ibodat qilishlari uchun sharoit hozirlangan. Shuningdek, tamaddi qilishlari uchun turli xil taomlar, choy, suv kabi ichimliklar chodirlarga olib kelib ulashilmoqda.
Nabiy alayhissalom sunnatlariga muvofiq, bugun Minoda tarviya kuni peshin, asr, shom, xufton namozlari o‘qiladi. Ayni paytda o‘zbekistonlik ziyoratchilar Mino vodiysida erta tongdan to kun botgunga qadar ulamolarning suhbatlaridan bahramand bo‘lib, toatu ibodat va duoyu iltijolar bilan o‘tkazishmoqda.
Alloh taolo barcha hojilar qatorida, yurtimiz hojilarining ham duo va ibodatlarini qabul aylasin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati