Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Aprel, 2025   |   1 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:55
Quyosh
05:23
Peshin
12:25
Asr
17:15
Shom
19:21
Xufton
20:44
Bismillah
29 Aprel, 2025, 1 Zulqa`da, 1446

Namangan viloyat vakilligida yig‘ilish o‘tkazildi

20.12.2024   50308   1 min.
Namangan viloyat vakilligida yig‘ilish o‘tkazildi

2024 yil 18 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi rahbarligida vakillik  mutaxassislari, Namangan shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari hamda bosh mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda joriy yilning 12 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ulamolar Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani, unda bir qator tavsiya va ko‘rsatmalar berilgani yuzasidan batafsil to‘xtalib o‘tildi.  
Yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi imom-xatiblar mehnat samaradorligi, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlar va mahallabay ishlash tizimi hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar bilan ishlash jarayoniga oid umumiy faoliyatni o‘rganish va baholash tizimini joriy qilish bo‘yicha «KPI – Imomlarni baholash mezoni» loyihasi ishlab chiqilgani aytib o‘tildi. 
Bundan tashqari O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2024-yil 14-dekabrdagi 11/3113-sonli topshirig‘iga asosan har bir masjid o‘zi joylashgan hududdagi Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va Hududgazta’minot AJ bo‘limlariga 2025-yil elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun yangilangan ta’rif bo‘yicha shartnoma tuzish va limit olish ishlarini tashkil etish vazifasi topshirildi.
Bosh imom-xatiblar bosh mutavallilar orqali masjidlarga ishga qabul qilingan va vazifasidan ozod etilgan xodimlarni buyruq chiqqan sanadan boshlan uch kun muddatda YAMMT (Yagona milliy mehnat tizimi)ga kiritilishini ta’minlashi ta’kidlab o‘tildi. 
Shuningdek, masjidlar imom-xatiblari va imom-noiblari o‘zlariga biriktirilgan MFYlarda hojilar bilan amalga oshirishlari lozim bo‘lgan ishlarni yanada yaxshilash alohida urg‘u qaratildi.
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Namangan viloyat vakilligi 
Matbuot xizmati

Namangan viloyat vakilligida yig‘ilish o‘tkazildi Namangan viloyat vakilligida yig‘ilish o‘tkazildi Namangan viloyat vakilligida yig‘ilish o‘tkazildi Namangan viloyat vakilligida yig‘ilish o‘tkazildi Namangan viloyat vakilligida yig‘ilish o‘tkazildi Namangan viloyat vakilligida yig‘ilish o‘tkazildi Namangan viloyat vakilligida yig‘ilish o‘tkazildi Namangan viloyat vakilligida yig‘ilish o‘tkazildi Namangan viloyat vakilligida yig‘ilish o‘tkazildi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

O‘zbekistonda Imom Moturidiy ilmiy merosiga yuksak e’tibor qaratilmoqda

28.04.2025   3752   3 min.
O‘zbekistonda Imom Moturidiy ilmiy merosiga yuksak e’tibor qaratilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori jahon ilmiy jamoatchiligi, ayniqsa turkiy davlatlarda alohida quvonch va xursandchilik bilan kutib olinmoqda.

Jumladan, turkiyalik moturidiyshunos olim va mutaxassislar ushbu tashabbusni tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim qaror sifatida baholamoqdalar. Anqara Yildirim Boyazid universiteti professori, doktor Ahmad Yildirim tomonidan e’lon qilingan maqola fikrimizning yorqin dalili bo‘la oladi. Maqolada yurtboshimiz qabul qilgan mazkur qaror buyuk mutafakkir ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, qayta tiklash va uni jahon hamjamiyatiga tanitish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etilgan.

Maqolada Imom Moturidiyning islom tafakkuri tarixida tutgan o‘rni alohida ta’kidlangan. Unda bayon etilishicha, Imom Moturidiy ilmiy merosi bugungi globallashuv davri muammolarini hal etishda muhim o‘rin tutadi. Imom Moturidiy o‘z davrida nafaqat diniy, balki falsafiy, axloqiy va ijtimoiy masalalarni ham qamrab olgan mukammal tizimni yaratgan. Moturidiylik ta’limoti asosan aql va hikmatga tayangan holda, insonning axloqiy mas’uliyatiga urg‘u qaratadi.  

Ahmad Yildirimning ta’kidlashicha, Imom Moturidiyning hikmatga asoslangan tafakkur tizimi bugungi kun odami hayotdan ma’no izlash jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga ham yechim bera oladi. Maqolada e’tirof etilgan so‘zlar e’tiborga molik: “Imom Moturidiyning bugungi kunimiz uchun ham ahamiyatli bo‘lgan qarashlarini yanada chuqurroq o‘rganish, ularni yuzaga chiqarib, insoniyat taraqqiyotiga safarbar qilish lozim. Shundan kelib chiqqan holda maxsus tadqiqotlar zarurligi ayni haqiqatdir. Mana shuni anglagan holda O‘zbekistonda 2025 yil Imom Moturidiyning 1155 yilligini nishonlash yili deb e’lon qilindi”.

Shuningdek, Ahmad Yildirim O‘zbekiston Prezidentining “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladigan ishlar, jumladan, “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish, talabalar o‘rtasida moturidiylik ta’limoti bo‘yicha musobaqa va davra suhbatlarini tashkil etish, moturidiylik allomalari hayoti va ilmiy merosiga oid xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan noyob qo‘lyozma va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash hamda ularning nusxalarini O‘zbekistonga olib kelish kabi tadbirlarni ham alohida e’tirof etgan.

Ahmad Yildirim o‘z maqolasini quyidagicha yakunlaydi: “O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining oqilona rahbarligi hamda 2025 yilda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini nishonlashga oid qarori ortidan Movarounnahrda Islom sivilizatsiyasi tarixini o‘zgartirgan allomalarning avvalgi safida turuvchi Imom Moturidiyni xotirlash va uning fikrlarini qayta jonlantirish, yosh avlodni adashgan mutaassib oqimlar tuzog‘iga tushib qolishining oldini olish, shuningdek, insoniyatga bugungi kunda odamlar o‘tmishdagidan ko‘ra ko‘proq muhtoj bo‘lgan tinchlik, bag‘rikenglik va yuksak ishonch madaniyatini taqdim etadigan yangi Islom sivilizatsiyasi binosini barpo etish yo‘lida yana bir muhim qadam qo‘yilgan bo‘ladi”.

O‘zA

MAQOLA