Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyun, 2025   |   19 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:39
Bismillah
15 Iyun, 2025, 19 Zulhijja, 1446

Shahar-tuman bosh imom xatiblar yig‘ilishi o‘tkazildi

23.12.2024   71873   1 min.
Shahar-tuman bosh imom xatiblar yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbosiddinov vakillik  mutaxassislari, viloyatdagi shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari va bosh mutaxassislari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda joriy yil 12 dekabr kungi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining navbatdagi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, imom-xatiblar mehnat samaradorligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlarni faollashtirish va mahalla bilan hamkorilikdagi ishlarda yanada faol bo‘lishga chaqirildi.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Shahar-tuman bosh imom xatiblar yig‘ilishi o‘tkazildi Shahar-tuman bosh imom xatiblar yig‘ilishi o‘tkazildi Shahar-tuman bosh imom xatiblar yig‘ilishi o‘tkazildi
Boshqa maqolalar

Chatgpt dan diniy savollarga javob olish

13.06.2025   4311   2 min.
Chatgpt dan diniy savollarga javob olish

Savol: Chatgpt (sun’iy intellekt) orqali diniy savollarimizga javob olsak bo‘ladimi, shu javoblarga  amal qilsak bo‘ladimi? 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bu joiz emas. To‘g‘ri, Chatgpt platformasi ayrim sohalarda insonlarga foyda bermoqda. Ammo diniy savollarga to‘g‘ri javob berishga ojizlik qiladi. Chunki u ham inson omili tomonidan ishlab chiqilgan bir mahsulot. Qolaversa, ba’zan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berishi mumkin. Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boshqa fiqhiy manbalarda uchramaydi. Shu bois shar’iy masalalarga ahli ilm, mutaxassislarga murojaat qilish orqali yechim topish darkor. Alloh taolo oyati karimada bunday marhamat qilgan:


فَاسْأَلُوا أَهْلَ الذِّكْرِ إِنْ كُنْتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

“Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, zikr ahlidan so‘rangiz!” (Anbiyo surasi, 7-oyat).

Musulmon odam biror narsani bilmay qolsa, uni biladigan kishidan, o‘sha sohaning «zikr ahli»dan o‘rganishi lozim bo‘ladi. Shunday ekan, e’tiqod va dinu-diyonatga tegishli narsalarni ham shu sohaning bilimdonlaridan so‘rash talab etiladi. Buyuk tobeiy Ibn Sirin rahimahulloh bunday deganlar:


 ‌إن ‌هذا ‌العلم ‌دين فانظروا عمن تأخذون دينكم. رواه مسلم

“Albatta, bu ilm dindir. Bas, diningizni kimdan olayotganingizga qaranglar” (Imom Muslim rivoyati).
Mazkur iboraning sharhida Mulla Ali Qori rahimahulloh bunday deganlar:
“Bu ilm” so‘zidan murod Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatga olib kelgan Qur’oni karim va hadisi sharifdan iborat bo‘lgan ta’limotdir. Uni ishonchli va adolatli zotlardan olmoqdamisiz yoki yo‘q, shunga nazar solinglar, ya’ni qayerdan, kimdan ilm olayotgangizni aniq bilinglar”. (“Mirqotul mafotih” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.