Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
1. Yolg‘on qasam ichishdan qaytardilar.
2. Kumush idishda ichishdan qaytardilar.
3. Erkaklarni ipak kiyim kiyishdan qaytardilar.
4. Mevalarni yetilib pishishidan avval sotishdan qaytardilar.
5. Nikohsiz jinsiy aloqalardan qaytardilar.
6. Xamr sotib olishdan va uni ichishdan qaytardilar.
7. Bir savdo kelishuvida ikki savdo qilishdan qaytardilar.
8. O‘zida bo‘lmagan narsa bilan savdo qilishdan qaytardilar.
9. Yo‘qolgan narsani masjidda e’lon qilishdan qaytardilar.
10. Hayvonlarni yuziga urishdan qaytardilar.
11. Taom va ichimlikka puflashdan qaytardilar.
12. Erkak kishini maqbarada va tuya bog‘lanadigan joyda namoz o‘qishdan qaytardilar.
13. Arini o‘ldirishdan qaytardilar.
14. Hayvonlarga belgi, tamg‘a bosishdan qaytardilar.
15. Allohdan boshqani nomiga qasam ichishdan qaytardilar.
16. Juma xutbasi vaqtida so‘zlashdan qaytardilar.
Bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yurtimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolarni qabul qilib, muammo, arz va takliflarini tingladilar.
Qabul jarayonida Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan kelgan fuqarolarning masjidlar holati, oilaviy masalalar, diniy ta’lim, haj-umra hamda moddiy yordam olish yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi. Ayrim masalalar bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun Idora bo‘limlariga tegishli vazifalar yuklandi.
Darhaqiqat, birovning dardini yengillatish, uning tashvishlari osongina bartaraf etilishiga hissa qo‘shish – savobi ulug‘ amal. Chunonchi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “... Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Mana shunday qabul jarayonlari mamlakatimizdagi barcha jome masjidlarda haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati