Sayt test holatida ishlamoqda!
23 May, 2025   |   25 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:19
Quyosh
04:58
Peshin
12:25
Asr
17:29
Shom
19:45
Xufton
21:18
Bismillah
23 May, 2025, 25 Zulqa`da, 1446
Maqolalar

Iltimos, shovqin solmang, ozor berishni bas qiling!

31.12.2024   36491   1 min.
Iltimos, shovqin solmang, ozor berishni bas qiling!

Odatda har yili 31-dekabr sanasida shomdan keyin boshlangan paqildoq va salyutlar tovushi soat o'n ikkiga yaqin avjiga chiqib, tonggacha davom etadi. Ba‘zi insonlarning xursandchilik qilaman, degan niyatda solayotgan shovqinlari hammaga ham yoqmaydi.

 Hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bu ovozu shovqinlar qanchalab xonadonlarning tinchini buzar ekanaa?!. Ba'zi uylarda qon bosimi baland bo‘lgan qariyalar, og'riqdan ko'ngliga qil ham sig‘mayotgan bemorlar, kunu tun betob bo‘lib yotgan farzandining tepasida mijja qoqmay chiqayotgan onalar, shovqindan qo'rqib tinmay yig‘layotgan go‘daklar tong otishi, shovqin-suronlar to‘xtashiga intizor bo‘ladilar. Kishilar tinchini buzayotganlarni uyida ham yuqoridaga aytgan holatlar bo'lganda shu ishni qilisharmidi? 

Dinimizda boshqalarga tili va qo‘li bilan ozor yetkazishdan qaytarilgan. Islomda insonlarni qo'rqitish zulm hisoblanadi. Hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Musulmon musulmonni qo'rqitishi halol bo‘lmaydi", deya marhamat qilganlar. 
 
Yangi yil arafasida paqildoq va salyutlar narxi qancha qimmat bo'lishi hammamizga ma‘lum. Mana shu narsalarga pullarini isrof qilib, uni havoga uchirmay, ehson qilinsa, qanday ham yaxshi amal bo‘lardi. 

Bularni nega yozayapmiz?! Iltimos, o'zingizning ozgina xursandchiligingizni, deb boshqalarga ozor bermang, bizni o‘z uyimizda tinch yashashga qo‘ying, o'zgalarga ozor berishni bas qiling!"

Joziba Jamol qizi,
Xadichai Kubro ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasi o'qituvchisi

INFOGRAFIKA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yunusobodda yuzdan ziyod oiladan hol so‘raldi

21.05.2025   2894   1 min.
Yunusobodda yuzdan ziyod oiladan hol so‘raldi

 

Kuni kecha  19 may kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiliklarida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi «Yunus ota» jome masjidida ma’naviy-ma’rifiy sayyor yig‘ilish boshlandi.

Tadbirda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov, Toshkent shahar tumanlari imom-xatiblari, otinoyilari, shuningdek, 2024 yilda hajga borgan ma’rifatparvar hoji ota va hoji onalar ishtirok etdi.

Ular turli sabablar bilan qiyin ahvolda qolgan xonadonlarga kirib, oila a’zolari bilan suhbatlashdilar, zarur maslahat va ko‘rsatmalar berdilar.

Tadbir yakunida "Yunus ota" masjidida bugungi sayyor yig‘ilish jarayoni yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Toshkent shahar vakilligi 
Matbuot xizmati

 

Yunusobodda yuzdan ziyod oiladan hol so‘raldi Yunusobodda yuzdan ziyod oiladan hol so‘raldi Yunusobodda yuzdan ziyod oiladan hol so‘raldi Yunusobodda yuzdan ziyod oiladan hol so‘raldi Yunusobodda yuzdan ziyod oiladan hol so‘raldi Yunusobodda yuzdan ziyod oiladan hol so‘raldi Yunusobodda yuzdan ziyod oiladan hol so‘raldi Yunusobodda yuzdan ziyod oiladan hol so‘raldi
O'zbekiston yangiliklari