Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Yanvar, 2025   |   13 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:35
Shom
17:19
Xufton
18:38
Bismillah
13 Yanvar, 2025, 13 Rajab, 1446
Yangiliklar

Diniy ta’lim muassasalari rahbar xodimlariga sertifikatlar topshirildi

6.01.2025   6125   1 min.
Diniy ta’lim muassasalari rahbar xodimlariga sertifikatlar topshirildi

Shu yil 3-4 yanvar kunlari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari, o‘quv-uslubiy va yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limlari boshliqlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursi tashkil etildi.
 

O‘quv-mashg‘ulotlarini Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Imom Moturudiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent islom institutidan jalb qilingan professor-o‘qituvchilar zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol usullardan foydalangan holda olib bordi.


Mazkur malaka oshirish kursidan ko‘zlangan maqsad diniy ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishidagi mas’ul xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik usullarni joriy qilish va ta’lim sifatini yaxshilash sanaladi.


Yakunda tinglovchilarga mazkur malaka oshirish kursi yakunlagani to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Diniy ta’lim muassasalari rahbar xodimlariga sertifikatlar topshirildi Diniy ta’lim muassasalari rahbar xodimlariga sertifikatlar topshirildi Diniy ta’lim muassasalari rahbar xodimlariga sertifikatlar topshirildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

10.01.2025   4780   1 min.
To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.

Shuni yodda tutish lozimki, birovlarning haqlari eng avvalo egasiga qaytarish shart bo‘ladi. Egasi yoki uning merosxo‘rlarini topishning iloji umuman bo‘lmagandagina uning nomidan sadaqa qilinadi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar