Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Yanvar, 2025   |   13 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:35
Shom
17:19
Xufton
18:38
Bismillah
13 Yanvar, 2025, 13 Rajab, 1446

Sajdadan keyingi rakatga turayotganda o‘tirish sunnatmi?

6.01.2025   4200   1 min.
Sajdadan keyingi rakatga turayotganda o‘tirish sunnatmi?

Savol: Birinchi rakat tugab, sajdadan ikkinchi rakatga turayotganda bir-ikki soniya o‘tirib, keyin turish sunnat deb eshitdim. Bu qanchalik to‘g‘ri?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Buni fiqhiy kitoblarimizda "Jalsai istiroha" ya’ni, "orom olib o‘tirish" deb nomlanadi. Bundan birinchi va uchinchi rakatlar oxirida sajdadan keyin qiyomga turishdan oldin bir oz o‘tirib olish tushuniladi va bu amal hanafiy mazhabida makruh amal sanaladi ("Al-Lubob sharhul kitob").
Abu Hurayra roziyallohu anhudan Payg‘ambarimiz alayhissalom namozda bevosita qadamlarining old qismiga tayangan holllarida (ya’ni, yerga suyanmay va o‘tirmagan holda) turishlari rivoyat qilgan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

10.01.2025   4779   1 min.
To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.

Shuni yodda tutish lozimki, birovlarning haqlari eng avvalo egasiga qaytarish shart bo‘ladi. Egasi yoki uning merosxo‘rlarini topishning iloji umuman bo‘lmagandagina uning nomidan sadaqa qilinadi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar