Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Yanvar, 2025   |   20 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:44
Peshin
12:39
Asr
15:43
Shom
17:28
Xufton
18:45
Bismillah
20 Yanvar, 2025, 20 Rajab, 1446

Mino, Arafot va Muzdalifada hojilarga xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi

17.01.2025   9549   1 min.
Mino, Arafot va Muzdalifada hojilarga xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi

“Haj – 2025” mavsumi ziyoratchilari toat-ibodatlarini qulay sharoitlarda bajarishlarini ta’minlash maqsadida Saudiya Arabistoni safarida bo‘lib turgan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, “Haj” va “Umra” ishlari bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy mutasaddi idoralar bilan muzokaralar o‘tkazishmoqda. 
Xususan, muborak maskanlar – Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida munosib shart-sharoitlar hozirlash yuzasidan mazkur hududlarda turar joy, transport, oziq-ovqat ta’minoti bilan shug‘ullanadigan “Tavofa” muassasasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Muloqotda har bir hoji uchun Mino vodiysida yetarli o‘rin bilan ta’minlash, Arafot hududidagi chodirlarni issiq o‘tkazmaydigan zamonaviy sendvich panellar bilan o‘rashni oxiriga yetkazish, ularda “Sofa bed” (yostiq va to‘shak), “Martaba” (to‘shak), sovutkich singari qulayliklar qilish, kommunal xizmatlarni yaxshilash, uch mahal issiq ovqat va muntazam choy-salqin ichimliklar bilan ta’minlashga urg‘u qaratildi. Shuningdek, Muzdalifa hududida yetarli miqdordagi gilam-poloslar va suv bilan ta’minlash qo‘shimcha qilindi. 

Ayniqsa, hojilarning muqaddas makonlarda vaqtlarini g‘animat bilib, doimo toatu ibodatda bo‘lishlari uchun taniqli ulamolarning suhbatlari, mashhur qorilarning qiroatlarini barchaga yetkazish uchun mikrafon va ovoz kuchaytirgichlarni yetarli darajada tashkil etishga e’tibor qaratildi. 
Soha rahbarlari tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Bobomurod Rustamov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi "Haj va Umra" markazi rahbari Ziyouddin Maqsudovga mazkur xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini yanada sinchkovlik bilan o‘rganish va yakuniy ma’lumotlarni taqdim etish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Mino, Arafot va Muzdalifada hojilarga xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi Mino, Arafot va Muzdalifada hojilarga xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi Mino, Arafot va Muzdalifada hojilarga xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi Mino, Arafot va Muzdalifada hojilarga xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi Mino, Arafot va Muzdalifada hojilarga xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi Mino, Arafot va Muzdalifada hojilarga xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi Mino, Arafot va Muzdalifada hojilarga xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi Mino, Arafot va Muzdalifada hojilarga xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi Mino, Arafot va Muzdalifada hojilarga xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi
Boshqa maqolalar

Sahobalar ham ijtihod qilishganmi?

16.01.2025   14859   2 min.
Sahobalar ham ijtihod qilishganmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Fiqh ijtihod va fikrlar majmuasi bo‘lib, bu fikrlar nafsu havoga berilishdan kelib chiqmagan, balki Qur’on va Sunnatni anglashdan kelib chiqqan, Qur’on va Sunnatdan olingandir. Alloh azza va jalla bizga shu yo‘lni buyurgan. Agar Alloh fiqhga tegishli har bir masalaning hukmini bayon qilishni iroda qilganida, hozir millionlab oyatlar, millionlab hadislar turgan bo‘lardi. Lekin hammasi bo‘lib, olti mingdan sal ortiq oyat nozil bo‘lgan, muayyan adaddagi hadislar vorid bo‘lgan. Har bir masalaga oyat-hadis kelsa, shuncha oyatni, shuncha hadisni kim yod olardi? Nabiy sollallohu alayhi vasallamning o‘z zamonlarida avtomobillar haqida gapirishlarini tasavvur qiling! Unda u zotning so‘zlarini hech kim tasdiqlamagan bo‘lardi-ku!

Ijtihod qilish noto‘g‘ri desangiz, sahobalar ham ijtihod qilishgan. Keyin o‘sha o‘z ijtihodi bilan chiqargan hukmga amal qilishni odamlarga buyurishgan. Odamlar ularga taqlid qilishgan, ergashishgan. Mana shu yo‘sinda ularning yo‘llaridan yurib kelishgan.

Tahallul tarafdorlari orasida «Fiqh dinning bir qismi emas», «Mazhab egalarining aytganiga amal qilish shart emas», degan gaplar tarqalgan.

Tashaddud ahli ham mana shunga chaqiryapti. Ularning asl maqsadi fiqhiy mazhablarni yo‘q qilib, dinsizlikka yetaklash edi. Masalan, men dinni mahkam ushlasam-u, lekin na hanafiy, na shofe’iy, na molikiy va na hanbaliy mazhabini tutmasam, unda dindan nimani ushlayman? Menda fiqh degan narsa qolmaydi-ku! Fiqhni mana shu mazhablar tashkil qiladi-ku! Alloh bizga «Zikr ahlidan so‘rang» deb buyurib, ergashishimizga rozi bo‘lgan ilmlarni mujtahidlarning ijtihod va fikrlari tashkil qilmasa, nima tashkil qiladi?!

«Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobidan