frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 2-qismi nashr etildi

27.01.2025   170602   1 min.
Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 2-qismi nashr etildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiliklaridagi Fatvo markazi ulamolarining “Fatvolar to‘plami” kitobining 2-juzi nashr etildi. 


Kitobni tayyorlash jarayonida Siz aziz yurtdoshlarimiz tomonidan eng ko‘p so‘ralgan savollarga sodda uslubda, hanafiy mazhabimizdagi mo‘tabar fiqhiy manbalarga asoslangan holda javoblar berilgan. 


Ushbu kitobdan aqida, ruhiy tarbiya, Islom tarixi, tahorat, namoz, ro‘za, zakot, haj-umra, savdo-sotiq, ijara, qurbonlik, nikoh, taloq, qasam, nazr, meros, ta’qiq va ruxsatlar kabi mavzulardagi qiziqarli savollarga batafsil javob topishingiz mumkin.


Kitobning hajmi: 560 bet

Muqovasi: Qattiq, zarhal 

Nashriyot: "Shamsiddinxon Boboxonov" NMIU

Narxi: 90 000 so‘m


Ulgurchi oluvchilar murojaat qilishlari uchun:
+998917806633
 @fatvo_reception
Manzilimiz

Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 2-qismi nashr etildi Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 2-qismi nashr etildi Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 2-qismi nashr etildi Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 2-qismi nashr etildi Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 2-qismi nashr etildi Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 2-qismi nashr etildi Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 2-qismi nashr etildi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jizzaxda 35 nafar bolaning xatna to‘yi o‘tkazildi

14.08.2026   25750   1 min.
Jizzaxda 35 nafar bolaning xatna to‘yi o‘tkazildi

Jizzax shahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ehtiyojmand oilalar farzandlariga mehr-e’tibor ko‘rsatish maqsadida ularning xatna to‘yi o‘tkazildi.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakilligi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tadbirida 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar bolajonlarga xursandchilik ulashildi.

Bolalarga bayram munosabati bilan velosiped, kostyum-shim, ko‘ylak, oyoq kiyimlari hamda yana boshqa turli xil sovg‘a-salomlar taqdim etildi.

Bolalarning yaqinlari va jamoatchilik vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati matbuot xizmati

Yangiliklar