Shu yilning 24 yanvar kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan oziq-ovqat, kiyim-kechak, o‘quv qurollari, ma’rifiy kitoblar va maishiy texnikalar ortilgan xayriya karvonlari 500 dan ziyod kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar xursandchilik ulashishni boshladi.
Shu munosabat bilan mazkur mehr-muruvvat karvonini kuzatish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, “Vaqf” fondi rahbari Isaxon Abdullayev, mutasaddi vakillar va OAVlari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda yurtimizda davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlanayotgani, nogironligi bo‘lganlar, kambag‘al oilalarga doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinayotgani e’tirof etilib, dinimizda muhtojlarga yordam berish, nogironligi bor insonlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, miskin va bechoralar holidan xabar olish xayrli amallardan sanalishi bayon qilindi.
Fond rahbari xayriya karvoni doirasida kam ta’minlangan oilalar, yetim-miskinlar, nogironi bor oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzallar, velosiped, kitoblar, ko‘mir, isitish moslamalari, maishiy texnikalar topshirilishi, uch kun davomida Fond vakillari 500 dan ziyod ehtiyojmand oilalarga xursandchilik ulashishi haqida ma’lumot berdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Demak, kim talbiya[2] aytib o‘lsa, talbiya aytgan holda tirilar va yana kimdir mast holda o‘lsa, mast holida tirilar ekan.
Shu o‘rinda o‘limidan avval qo‘shiq aytgan qiz hikoyasini e’tiboringizga havola qilamiz:
«Ranglari za’faron, holsiz qiz pichirlab zo‘rg‘a gapirar edi.
Doktor Abdul Muhsin Ahmad aytadi: “Bu qizni tekshirgan oxirgi shifokor men edim, qulog‘imdan stetoskopni oldim. Qiz faqat bir so‘zni takrorlardi: “Xudo xayringizni bersin, tahlil natijalari qanday ekan? Kasalxonada diqqinafas bo‘lib ketdim. Qachon chiqaman bu yerdan?” Men qizning tahlillarini tekshiruvga yubordim.
Olingan namunalar laboratoriyada tekshirilmoqda edi, o‘sha onda o‘lim farishtasi xonada ekan-da... Men xonadan tashqarida edim. Shu payt hamshiraning ko‘zlari katta-katta bo‘lgan xolda xonadan yugurib chiqdi. Men xonaga kirdim. U yerda ko‘rayotganlarim bir necha lahzalar oldin ko‘rganimga sira o‘xshamasdi. Qizning rangi o‘chgan, ko‘zlari alang-jalang, qo‘l-oyoqlari tortishgan, lablari titrardi... Yurak urishi sekinlashib, qon bosimi pasaya boshladi. Uning hayotini saqlab qolish uchun hamma ishlar qilindi.
Qizga qarab: “Laa ilaha illalloh” degin dedim. U lablarini qimirlatsa-da, lekin birorta harf ham ayta olmasdi.
Kalimai shahodatni ikkinchi marotaba takrorladim... Uchinchi marta ham... U o‘lim talvasasida edi. Uning xirillashini eshita boshladim. Qiz bir nechta harf ayta boshladi. Men yana kalimani takrorladim...
Qiz endi xirillaganicha qo‘shiq ayta boshladi. O‘lim farishtasi qizga qo‘shiqni tugatib olishiga imkon bermadi, uning ruhi tanasini tark etdi.
Qiz o‘ldi... O‘limidan avval qo‘shiq aytdi...
Endi u qiyomatda Alloh taologa qo‘shiq aytgan holda yuzlanadi...»[3]
Allohim! Qiz har kuni bor ovozi ila chinqirib, barmoqlarini tishlagan holda yig‘lab: “Robbim! Meni bu yerdan chiqar. Qasam ichib aytaman, faqat Sen rozi bo‘ladigan narsalarni eshitaman, undan boshqasini eshitmayman. Faqatgina Sen rozi bo‘ladigan narsalarni ko‘raman va tunlari mijja qoqmay namoz o‘qib chiqaman, o‘lgunimcha kunduzlari ro‘za tutaman” desa ham, endi u hayotga qaytmaydi.
«...Ey Robbim! Meni (yana hayotga) qaytaringlar. Shoyad, men tark etgan joyim (dunyo)da yaxshi amal qilsam, deb qolur. Yo‘q! (U aslo qaytarilmas). Bu haqiqatan u aytuvchi bo‘lgan so‘zdir. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha (ikki dunyo o‘rtasini to‘sib turadigan) bir to‘siq bordir»[4].
Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.
[1] Imom Muslim rivoyati.
[2] Labbayka Allohumma labbaykani aytish.
[3] “Unutilmas qissalar” kitobidan.
[4] Mu’minun surasi, 99–100-oyatlar.