Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyul, 2025   |   26 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:30
Quyosh
05:08
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:25
Bismillah
21 Iyul, 2025, 26 Muharram, 1447

Ramazonning 22 barakasi

14.03.2024   7547   8 min.
Ramazonning 22 barakasi

Islom dinida Ramazon oyi ulug' oylardan hisoblanadi. Unda ro'zador odamning uyqusi ham ibodat, namozini qoim qilish ham ibodatdir. Uning har bir amaliga ko'plab savoblar ziyoda qilinadi. Ramazon musulmon kishining duosi qabul bo'ladigan oydir. Ramazon oyi Alloh taoloning rahmat va barakalari yog'iladigan oydir. Ramazon mo'min va musulmonlar uchun baraka oyidir. Ularning adadini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. E'tiboringizga Alloh taolo qodir qilganicha ulardan 22 tasini keltirib o'tamiz:

  1. Ramazonda Qur'onning barakasi:

Alloh taolo Qur'on karimning Baqara surasining 185-oyatida «Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo'lib va hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo'lib Qur'on nozil qilingan».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yaxshilikda insonlarning eng saxiysi edilar. Saxovatlarining avji Ramazonda Jabroil alayhissalom u Zot bilan uchrashgan kezlari bo'lar edi. Tasavvur qiling: Qur'oni karim tilovat qilinganda erga qanchadan qancha farisha tushadi. Alloh taoloning eng so'ngi kitobining shu oyda nozil bo'lishi ham bu oyning ulug' barakotli oy ekanligini bildiradi.

  1. Ramazonda ro'zaning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazon ro'zasini iymon bilan,savob umidida tutsa,uning oldingi (o'tgan) gunohlari mag'firat qilinadi»,  dedilar . Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.

Hadisi qudsiyda (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Rabbilari Alloh taolodan rivoyat qilganlar) Alloh taolo: «Odam bolasining hamma amali (savobi) ko'paytirib berilur. Bir yaxshilikka uning o'n mislidan to etti yuz barobarigacha. Magaram, ro'za unday emas. U Men uchundir. Uning mukofatini Men berurman. U (odam bolasi)shahvatini va taomini Men uchun tark qilur», –dedi. Imom Muslim rivoyat qilganlar.

  1. Ramazondagi birinchi kechaning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «QachonRamazonoyiningavvalgikechasibo'lsa, shaytonlarvao'zboshimchajinlarkishanlanadi. Do'zah eshiklari yopiladi. Ulardan biron eshik ochilmas. Jannatning eshiklari ochilur. Ulardan biror eshik yopilmas. Harkechabirnidoqiluvchi: «Eyyaxshilikniistovchi,kelibqol! Ey  yomonlikniistovchi,basqil», – debnidoqiladi», –  dedilar. Imom Termiziy rivoyat qilganlar.

  1. Ramazon kechalarida qoim bo'lish va tahajjudningbarakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazonda iymon va ixlos bilan qoim bo'lsa, o'tgan gunohlari mag'firat qilinur», deganlar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilganlar.

  1. Ramazon oyida sadaqaning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«SadaqalarningengyaxshisiRamazonoyidaqilingansadaqadir», deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ishda o'z ummatlariga o'rnak bo'lar edilar. U Zot sollallohu alayhi vasallam  yaxshilikda insonlarning eng saxiysi edilar. Saxovatlarining eng avji Ramazonda bo'lar edi. U Zot Ramazonda esgan shamoldan ham saxovatli bo'lib ketar edilar.

  1. Ramazonda iftorning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Modomiki, iftorga shoshilishar ekan,odamlar yaxshilikda bo'laveradilar», dedilar. Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh azza va jala: «Bandalarimning menga mahbubrog'i og'iz ochishni tezlatganlari» , deb aytdi»,  dedilar.

  1. Iftorlik qilib berishning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ro'zador kishiga iftorlik qilib bersa,u kishiga ham ro'za tutganning ajridek savob beriladi.bu bilan ro'zadorning ajridan hech bir narsa kam bo'lmas»,  dedilar. Imom Termiziy rivoyat qilganlar.

Bu bilan u o'zi ro'za tutmasa bo'ladi degani emas. Chunki ro'za farz ibodat hisoblanadi. Bu hadis iftorlik qilib berishning qanchalik savobi ulug' ish ekanini bildirish uchun aytilgan.

  1. Ramazonda iftorlik paytida qilinadigan duoning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarga iftorlik vaqtida: «Alloh nomi bilan, Allohim sen uchun ro'za tutdik. Sening rizqing bilan iftorlik qildik, bizlardan (ro'zamizni)qabul qilgin. Albatta, Sen o'zinggina eshituvchi, biluvchisan»,  demoqni vasiyat qildilar.

  1. Ramazonda ijobat bo'ladigan duo barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ro'zador uchun iftorlik vaqtida rad qilinmaydigan duo bor», dedilar. Boshqa bir hadisda «Ro'zadorga ikki xursandlik bordir. Qachon iftor qilsa,xursand bo'ladi. Robbisiga yo'liqqan vaqtda (Ro'zasi) bilan xursand bo'ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyat qilganlar.

  1. Ramazonda Laylatul qardning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Qadr kechasida iymon bilan, savob umidida qoim bo'lsa, o'tgan gunohlari mag'firat qilinadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.

Chunki Qadr kechasi ming oydan afzaldir. Shuning uchun ba'zi sahoba va tobeinlar Ramazonning oxirgi o'n kunligida g'usl qilib, o'zlariga xush bo'yliklar sepib yurishardi. Qadr kechasi shu o'n kun ichida bo'lgani uchun.

  1. Ramazonda saharlikni barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Saharlikqilinglar,chunkisaharlikdabarakabor», deganlar. Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.

Yana boshqa bir hadisda: «Bizlarningro'zamizbilanahlikitoblarro'zasiniorasiniajratibturadigannarsasahardataomlanmoq»,  deganlar.

  1. Ramazonda fitr sadaqasini barakasi: Ro'zador ramazon ro'zasini tutib bo'lgandan keyin ro'za davomida qilgan xato va kamchiliklarni to'ldirish uchun beradi. Fitr sadaqasi Iydi Fitrning tongi otishi bilan vojib bo'ladi. Undan oldin berish joizdir.

 

  1. Ramazon oyida umraning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazon oyida qilingan umra hajga tengdir», deganlar.

  1. Ro'zadorning og'zidan keladigan hidning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, ro'zadorning og'zidagi hidi Allohning nazdida mushkning hididan xushbo'yroqdir»,  dedilar. Imom Muslim rivoyat qilganlar.

  1. Ramazonda chiroyli xulq va odobli bo'lishning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz ro'za tutsa, fahsh hamda lag'v so'zlarni gapirmasin. Agar biror kishi so'ksa yoki urishsa, men ro'zadorman», desin», dedilar.

  1. Ramazonda unutib taom iste'mol qilishning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ro'zadorligini unutib qo'yib esa yoki ichsa, ro'zasini davom ettiraversin. Chunki Alloh u kishini taomlantiribdi va serob qilibdi, xolos»,  dedilar. Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilganlar.

  1. Ramazonda ro'zani ochib bo'lgandan keyin taomlanish va seroblanishning barakasi:

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: «Va to tongdan oq ip qora ipdan ajraladigan paytgacha eb-ichaveringlar» (Baqara surasi, 187-oyat).

  1. Ramazonning yoshi ulug'lar va homilador ayollarga barakasi:

Alloh taolo katta yoshdagi ro'za tuta olmaydigan kishilarni fidya berishga buyurgan. Alloh taolo Qur'on karimning Baqara surasi 184-oyatida:«(Keksalik yoki zaifligi sababli) ro'za tutishga qiynaladigan kishilar bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to'lashlari lozim», deb marhamat qilgan.

Homilador ayol bo'lsa tug'ub bo'lgandan so'ng ro'zasining qazosini tutib beradi.

  1. Ramazonda jannatning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo ramazonnig xar kunida jannatini ziynatlaydi»,  deganlar.

Yana boshqa bir hadisda esa Jannatdagi bir eshik faqat ro'zadorlar uchun ekanligi aytilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannatda bir eshik bor. U «Rayyon» deyiladi. Qiyomat kuni undan ro'zadorlar kirishadi, ulardan boshqahech kim undan kirmaydi.«Ro'zadorlar qani?» deyiladi. Shunda ular turishadi.Ulardan boshqa hech kim undan kirmaydi. Ular kirgach,u berkitiladi. Keyin undan hech kim kirmaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyaat qilganlar.

  1. Ramazonda istig'forning barakasi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazonda farishtalar ro'zadorlar iftorlik qilgunlaricha ularga istig'for aytadilar»,  dedilar.

  1. Ramazonda xayrli ishlarning barakasi:

Imom Sufyon Savriy agar ramazon kelsa, hamma nafl ibodatlarni tark qilib, faqat Qur'on tilovat qilar edilar.

  1. Barcha toatlarning jamlanishidagi baraka:

Ramazonda barcha toatlar jamlanadi. Misol: namoz, ro'za, kechqurun qoim bo'lish, Qur'onni xatm qilish, umra, iftorlik qilib berish, istig'for, tavba, qarindoshlardan xabar olish va boshqa ibodatlar.

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Alloh azza va jallaga nisbatan yolg‘on so‘zlamayman

21.07.2025   452   1 min.
Alloh azza va jallaga nisbatan yolg‘on so‘zlamayman

Bismillahir Rohmanir Rohiym

وحدثنا إسحاق بن إبراهيم بن جبلة نا عبيد الله بن موسى أنا إسرائيل، عن سماك أنه سمع موسى بن طلحة يحدث عن أبيه قال: مررت مع النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم في نخل فرأى قوما في رءوس النخل يلقحون النخل فقال: ما يصنع هؤلاء؟ قالوا: يجعلون الذكر في الأنثى قال: ما أظن ذلك يغني شيئا فبلغهم ذلك فتركوه فنزلوا عنها فبلغ ذلك النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم فقال: إنما هو ظن ظننته، إن كان يغني شيئا فاصنعوه، فإنما أنا بشر مثلكم وإن الظن يخطئ ولكن ما قلت لكم: قال الله تعالى فلن أكذب على الله عز وجل.


Muso ibn Talha otasidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam bilan birga (Madina) xurmozorlari orasidan o‘tdim. U zot xurmolar ustiga chiqib olib, changlatayotgan odamlarni ko‘rib: “Anavilar nima qilishmoqda?” dedilar.

Odamlar: “(Xurmoning) erkagini urg‘ochisiga qo‘shmoqda”, dedi.

U zot: “Menimcha, undoq qilish biror foyda bermas, deb gumon qilaman”, dedilar.

Haligi odamlarga buning xabari yetib borganda, ular u(changlatish)ni tark qildi va xurmolardan tushdi. Rasululloh sollallohu alayhi va olihi vasallamga bu haqda xabar berilganda: “U mening bir gumonim, agar o‘sha narsa ularga manfaat bersa, uni qilaversin! Albatta, men ham sizlar kabi basharman. Albatta, gumon xato qiladi. Lekin sizlarga “Alloh taolo bunday dedi”, deb biror narsa aytsam, zinhor Alloh azza va jallaga nisbatan yolg‘on so‘zlamayman”, dedilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar