Baxtiyor domla Sattorov – Toshkent shahar, Shayxontohur tumani “Firdavs” jome masjidi imom-xatibi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Bu kishi dardga chalingan bir kishining qulog‘iga nimanidir o‘qidilar. U sog‘ayib ketdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning qulog‘iga nima deb aytding?» deganlarida, bu kishi: «Mo‘minun» surasining 115-oyatidan to oxirigacha» o‘qiganlarining xabarini berdilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar biror kishi mana shu oyatlarni ishonch bilan o‘qisa, tog‘ni ham maydalab yuboradi», dedilar" (Ibn Sunniy rivoyati).
Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan