frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

O‘zbekiston – islom sivilizatsiyasining beshigi ekani Malayziyada e’tirof etildi

28.01.2025   402060   1 min.
O‘zbekiston – islom sivilizatsiyasining beshigi ekani Malayziyada e’tirof etildi

Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida Malayziya xalqaro islom universiteti prorektori, professor Muhammad Favzan Nuriddin bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ta’kidlash kerakki, Malayziya xalqaro islom universiteti xalqaro islom universitetlari reytingida 2-o‘rinda turadi. Ushbu universitet xorijiy tillarda debat qilish bo‘yicha dunyoning eng kuchli universitetlari reytingida 41-o‘rinni egallagan.  

Tadbirda Malayziya xalqaro islom universiteti bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.    

Prorektor Muhammad Favzan Nuriddin barcha yo‘nalishlarda O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidladi.  

Shuningdek, Malayziya xalqaro islom universiteti Islom bilimlari fakulteti dekani Shukran Abdurahmon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Malayziya tomoniga O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng qamrovli ma’lumot berildi.  

–  Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan diniy sohada amalga oshirilayotgan loyihalar meni hayratlantirdi, – dedi  Shukran Abdurahmon o‘z so‘zida. – Qisqa vaqt ichida bu kabi keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish kamdan-kam rahbarning qo‘lidan keladi. O‘zbekiston – islom sivilizatsiyasining beshigi. Agar O‘zbekiston tomoni imkoniyat bersa, men ham bu qadimiy o‘lkaga borib ilmiy tadqiqot qilgan bo‘lar edim.  

Muloqot samimiy va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi.  

N.Usmonova,

O‘zA muxbiri

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Tarixiy anjumanga yakuniy tayyorgarliklar

20.08.2026   41819   1 min.
Tarixiy anjumanga yakuniy tayyorgarliklar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan ilk bor tashkil etilayotgan «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» mavzusidagi I ilmiy-amaliy anjuman boshlanishi arafasida.

Mazkur ilmiy-amaliy anjuman Islom sivilizatsiyasi markazining Katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ushbu zal anjumanni yuqori saviyada o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratilgan holda to‘liq shay holatga keltirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari