Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2025   |   21 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:40
Bismillah
17 Iyun, 2025, 21 Zulhijja, 1446

Yo‘lda chumolini ko‘rsangiz

29.01.2025   4323   1 min.
Yo‘lda chumolini ko‘rsangiz

Shayx Sha’roviy aytadilar:

"Yo‘lda chumolini ko‘rsangiz, uni bosib ezg‘ilamang va bu bilan Allohning rizoligini istang. Shoyat, unga rahm qilganingiz uchun Alloh sizga ham rahm qilsa.

Ko‘lmakda suv ichayotgan qushni yonidan o‘tsangiz, uni cho‘chitib yubormang va shu ishingiz bilan Allohning rizosini niyat qiling. Shoyat, Alloh taolo sizni qiyomatning qo‘rqinchidan omon qilsa.

Agar yo‘lingizda mushuk bolasini yotganini ko‘rsangiz, uni olib yo‘lning chetiga chiqarib qo‘ying va shu ishingiz bilan Allohdan ajr umid qiling. Shoyat, Alloh taolo sizni yomon holatda o‘lishdan saqlasa.

Agar ortgan taomni tashlamoqchi bo‘lsangiz, uni turli jonivorlar yeb ketishini niyat qiling va bu amalingizdan Allohning ajrini umid qiling. Shoyat, Alloh taolo sizga o‘ylamagan yeringizdan rizq ato etsa.

Agar yozda havo harorati haddan tashqari isib ketsa, biror idishga suv solib qushlar ichib salqinlashlari uchun xonangiz derazasi oldiga qo‘ying va bu ishingizni savobini Allohdan umid qiling. Shoyat, Alloh taolo sizni qiyomatdagi chanqoqlikdan saqlasa.

Shuni unutmangki, Alloh taolo tashna bir itga suv bergan zinokor ayolni barcha gunohlarini mag‘firat etgan".

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Osoyishtalik siri

17.06.2025   2773   1 min.
Osoyishtalik siri

Er-xotin tez-tez urishib qolaverdi. Shunda ayoli eriga: 
 

– Dadasi, qo‘shnilarimiz biror marta urishganini eshitmadim. Biz esa tez-tez janjallashib qolyapmiz. Qarshi bo‘lmasangiz, qo‘shni ayoldan buning sirini bilib kelaman, – dedi. 
 

Eri rozi bo‘ldi. Ayol qo‘shni ayol bilan suhbatlashgani chiqib, undan  oilada osoyishtalikni saqlash siri haqida so‘radi. 
 

Bu paytda qo‘shni ayol oshxonada ovqat qilayotgan, uning eri esa stolda bir nimalarni yozib o‘tirgandi. Shunda birdan telefon jiringladi. Eri telefon oldiga borar ekan, bexos stol ustida turgan vazani turtib yubordi. Vaza yerga tushib, sindi. Bu holni ko‘rgan ayoli darrov kelib vazani siniqlarini tera boshladi. Eri ayoliga aybdorona qarab, uzr so‘radi. Ayoli esa: “Aslida men sizdan uzr so‘rayman. Chunki vazani stol ustiga – noqulay joyga qo‘ygan ekanman”, dedi.


Bu holni kuzatgan qo‘shni ayol uyiga qaytib keldi va nimalar ko‘rganini aytib berdi. So‘zi yakunida: “Oddiy bir ishda ular ikkalasi ham o‘zini aybdor hisoblarkan. Biz esa har ishda o‘zimizni haq, deymiz. Janjalimiz sababi shundan ekan”, dedi.


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman» (Imom Abu Dovud rivoyati). 
 

Mana, osoyishtalik siri nimada ekan! 

Akbarshoh Rasulov

 

Ibratli hikoyalar