frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ramazon – rahmat, saxovat, shukronalik oyidir

14.03.2024   1598   5 min.
Ramazon – rahmat, saxovat, shukronalik oyidir

Bugun butun dunyo mo'min-musulmonlari katta shodiyona va xursandchilik bilan qarshi olgan Ramazoni sharif oyini yurtdoshlarimiz ham Alloh taoloning rahmati yog'iladigan, qalblar zavqlanadigan ajoyib fursatni ko'tarinki kayfiyat, o'zgacha shukuh bilan o'tkazyapti. 

Shunday fayzli kunlarga etkazgani uchun Haq taologa shukronalar aytamiz. Qodir Allohdan xalqimizga qut-baraka, baxtu saodat va tinchlik-ofiyat berishini so'rab, duolar qilamiz.

Ramazon oyida yurtimizga Alloh taoloning rahmati yog'ilyapti. Mo'min-musulmonlar subhidamda saharlik dasturxoni atrofida ibodatga kirishdi. Fayzli oqshomlarda esa iftorlik qilib, qalb rohati — taroveh namozini ado etishmoqda. Alloh taolo farz qilgan zakotlar ado etilyapti, fitr sadaqasi hamda fidyalar berilyapti. Qutlug' oyda 2 mingdan ziyod masjidda taroveh namozi o'qilmoqda, 1600 dan ortiq jomeda Qur'oni karim xatm qilinib, muxlis xalqimiz Haq taolo Kalomiga some' bo'lmoqda.

Bunday shukuhli damlarda Yurtboshimiz muborak Ramazon oyi bilan butun O'zbekiston xalqini muborakbod etgani dilimizga yana bir shodlik ulashdi. U kishi o'z tabriklarida elimizni qutlar ekan, ushbu ulug' ayyomni yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik muhitida, oilamiz, el-yurtimiz davrasida kutib olayotganimiz uchun Parvardigori olamga cheksiz shukronalar aytamiz, dedilar.

Darhaqiqat, mana shunday fazilatli kunlarga shukronalar aytish har bir yurtdoshimizning burchidir. Zero, bu kunlarga etgan bor etmaganlar bor. Eng asosiysi, tinchlik-omonlikda bunats rahmat oyiga etganimizdir. Chunki Yurtdoshimiz tabriklariga qayd etganidek, bugun jahon ro'yo berayotgan notinchlik, qarama-qarshilik va to'qnashuvlar oqibatida begunoh insonlarning qoni to'kilmoqda. Necha minglab insonlar ochligu qiyinchilikni boshdan kechirib, ahvollari tang bo'lib  turibdi. Ularni haqqiga duolar ijobat bo'ladigan kunlarda duo qilish va boriga shukronalar aytish lozimdir.

Chunki keyingi yillarda yangidan ochilayotgan masjid-madrasalar, qayta chiroy ochayotgan qadamjolar qalbimizni yashnatib, umrimizni nurga to'ldirmoqda. Mamlakatimizda azaliy qadriyatlarimiz sanalgan, muqaddas dinimizning asosiy mezoni bo'lgan o'zgalarga yaxshilik qilish, yiqilganni suyash, kechirimlilik, bag'rikenglik, mehr-oqibat ko'rsatish, ehtiyojmand insonlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu ishlar keng quloch yozayotgani barchamizga mamnuniyat bag'ishlamoqda.

 Bu boradagi ishlar muborak Ramazon kunlarida yangicha mazmun bilan boyiydi. Mahallalar, xonadonlar toza-ozoda holga keltiriladi. Qarindosh-urug'lar, etimlar, bevalar, keksa va imkoniyati cheklangan insonlar, bemorlar  holidan xabar olinadi. Ularning ko'nglini ko'tarish, og'rini engil qilishga ko'maklashiladi. O'zaro sovg'a-salomlar ulashiladi. Shu boisdan muborak kunlarda ko'proq shukronalar aytib, duolar qilmoq joizdir.

Hazrati Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vassallam: “Ro'za tutgan kishining uyqusi ibodat, sukut saqlashi Allohga tasbeh, qilgan amalining savobi ko'paytirib beriladi, duolari ijobat va gunohlari kechiriladi”, deb marhamat qildilar.

Hadisi sharifda ro'zadorning duosi maqbuldir, deyildi. Chunki inson Alloh taolo uchun nafsining orzularini tark etgani boisidan duosi ijobat qilinadi. Shuning uchun ham bu qutlug' oyda chin qalbdan, astoyidil dunyo va oxirat saodatini so'rab duolar qilishimiz, Alloh taologa astoydil tavba qilib, jonajon yurtimizga tinchlik, xotirjamlik, dasturxonlarimizga to'kinlik kasbu korimizga baraka tilashimiz lozim bo'ladi. Bunday fursatlarni g'animat bilab, toat-ibodatlarda Alloh taolodan bo'ladigan mukofotni qo'lga kiritaylik!

Shu bilan birga Ramazon oyida ezgu amallarni ko'paytirish, muhtojlarga saxovat va mehr-shafqat ko'rsatishning ajru ulug'dir. Zotan, davlatimiz rahbari tabrigida ta'kidlaganidek, bugungi muborak kunlarda xalqimizga xos olijanoblik va mehr-muruvvat ramzi sifatida nuroniylarimiz, yolg'iz va ehtiyojmand bo'lgan opa-singillarimiz, aka-uka va farzandlarimizga e'tibor ko'rsatish, holidan xabar olib, dardiga malham bo'lish, Yaratganga ham, xalqimizga ham, albatta, xush keladi.

Bunday xayriyalar “Inson qadri – ulug'” degan olijanob tamoyili asosida bugun jamiyatimizda keng quloch yoyayotgani elimizda egu fazilatlar ortayotganidan dalolatdir. Hususan, shu kunlarda diniy soha xodimlari Ramazonning shukuhli kunlarida kishilar qalbiga quvonch ulashishi maqsadida, ehtiyojmand, etim, beva-bechora va jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarni xabar olib, iftorliklar tashkil etib, ularga “Ramazon hadyalarini ulashmoqdalar. Bunday mehr-muruvvat tadbirlari oy oxirigacha davom etadi, inshaalloh.

Allohning rahmati yog'ilib turgan ushbu fazilatli kunlarda qalbimiz yumshab, ixlosimiz ortib turgan lahzalarda duo qilaylik. Ona-Vatanimiz tinch-osoyishta, xonadonlarimiz fayzu barakali va farzandlarimiz baxtu saodatli bo'lsin. Haq taolo keksalarimizga uzoq umr, yoshlarimizga ilmu ma'rifat va bemorlarimizga shifoi komil bersin. 

Homidjon domla IShMATBYeKOV,

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining

birinchi o'rinbosari

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Agar bolam tuzalib ketsa...

27.06.2025   5697   1 min.
Agar bolam tuzalib ketsa...

Savol: Farzandim davolanish uchun xorijga ketgan edi. Men agar bolam tuzalib kelsa, tilla taqinchoqlarimni sadaqa qilaman, deb nazr qilgan edim. Alhamdulillah, tuzalib keldi. Sadaqa qilaman, deb tursam, qaynonam, taqinchoqlaringiz toza tilladan, uni menga soting va pulini sadaqa qilaverasiz, deb talab qilmoqda. Nima qilsam, to‘g‘ri ish qilgan bo‘laman?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazhabimizda zakot, fitr sadaqasi, ushr va nazr kabi vojib sadaqalarda, ularning qiymatini berish mumkin. Shu bois siz ham tillangizning o‘zini yoki sotib, pulini sadaqa qilsangiz ham bo‘ladi. Faqat sotishda, bozordagi narxi e’tiborga olinadi. Undan kam narxga sotish mumkin emas.

Kam narxga sotsangiz, tafovutini o‘zingizdan qo‘shib sadaqa qilishingiz lozim bo‘ladi. Masalan, tilla taqinchoqlaringiz narxi nazrni ado qilish kunlarida bozorda 10 million so‘m bo‘lsa, lekin tanishim yoki yaqin insonim deb, 8 millionga sotsangiz, yoniga 2 million qo‘shib, sadaqa qilasiz va shu bilan nazringizdan qutilasiz. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi