Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2025   |   20 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:40
Bismillah
16 Iyun, 2025, 20 Zulhijja, 1446

Otaning tavbasi

03.02.2025   3970   3 min.
Otaning tavbasi

Madinai munavvaralik bo‘lgan qissa sohibi shunday so‘z boshlaydi: “Men o‘ttiz yetti yoshni qarshilagan qirchillama yigit edim. Oilam va bolalarim bor edi. Alloh harom qilgan ishlarning har turini qilib ko‘rganman. Juma va hayit kunlarigina jamoat bilan namoz o‘qirdim. Bunga sabab mening nobakor kishilarni ulfat tutganim edi. Mening Marvon ismli o‘g‘lim bo‘lib, u tug‘ma kar-soqov edi.  O‘g‘lim  iymon iforini Qur’on hofizasi bo‘lgan onasidan olgan.

Bir kuni qosh qorayayotgan payti xamtovoqlarim bilan nimalar qilishimiz to‘g‘risida reja tuzib o‘tirgan edim. Shomga azon aytib qoldi. O‘g‘lim menga: “Otajon, nima uchun namoz o‘qimayapsiz?” degan ishorani qildi va qo‘lini osmonga ko‘tarib: “Alloh sizni ko‘rib turibdi”, deya tahdid ham qilganday bo‘ldi (gohida o‘g‘lim mening ba’zi harom ishlarni qilayotganimning guvohi bo‘lib qolardi). Keyin u oldimda shom namozini o‘qidi, so‘ng Mus'hafni keltirib, bir oyat ustiga qo‘lini qo‘ydi: «Ey ota! Haqiqatan, men senga Rahmon (tomoni)dan azob yetib, (do‘zaxda) shaytonga yaqin bo‘lib qolishingdan qo‘rqaman...».

Bu Maryam surasining 45-oyati edi. O‘g‘lim ho‘ngrab yig‘ladi. Unga qo‘shilib men ham yig‘lab yubordim. Keyin u mening boshimdan va qo‘limdan o‘pdi-da, ishora ila: “Otajon, tuproqqa qo‘yilmasingizdan  va azobning changalida qolmasdan ilgari namoz o‘qib qoling”, dedi. Meni qandaydir kuchli qo‘rquv tutdi, chiroqlarni yoqqani turdim. U bo‘lsa: “Chiroqlarni qo‘ying, Masjidi Nabaviyga boraylik”, deya ishora qildi. O‘g‘lim ikkimiz Masjidi Nabaviyga bordik. Men hali ham qattiq qo‘rquvda edim.

Ravzai muborakka kirdik, u yer odamlar bilan to‘la edi. Shu orada xufton namoziga azon aytildi. Harami sharifning imomi Qu’rondan ushbu oyatni qiroat qildi: «Ey imon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmanglar. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, (shayton) buzuqlik va yovuzlikka buyurur. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati bo‘lmaganida edi, sizlardan biror kishi (tuhmatdan) pok bo‘lmas edi. Lekin Alloh o‘zi xohlagan kishini poklar. Alloh eshituvchi va biluvchidir!»[1]. O‘zimni yig‘idan tutib tura olmadim. Marvon ham menga qo‘shilib yig‘lagan ko‘yi ko‘z yoshlarimni artdi.

Biz uyga qaytdik. O‘sha kecha hayotimdagi buyuk bir kecha bo‘ldi, go‘yo onadan qayta tug‘ilgandek edim. Rahmonning darvozasiga qadam qo‘yib, shaytonning yo‘lidan yuz o‘girdim.

Marvon ahli ayolimga va qolgan farzandlarimga bo‘lgan voqeani aytib berdi. “Otam Harami sharifda namoz o‘qidilar”, deya ishora qildi. Ayolim bu xabardan bag‘oyat xursand bo‘ldi.

Hozirda, Allohga shukurki, namozlarning birortasini qoldirmay jamoat bilan ado etyapman. O‘g‘lim sabab iymon lazzatini his etdim. Hayotimiz go‘zallashdi. Oilamizga qut-baraka kirdi...


Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar" nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.


[1]  Nur surasi, 21-oyat.

 

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Haj mavsumidan so‘ng Masjidul Haromda Qur’on ko‘rgazmasi ochildi

16.06.2025   1142   1 min.
Haj mavsumidan so‘ng Masjidul Haromda Qur’on ko‘rgazmasi ochildi

Saudiya Arabistoni tomonidan Makkadagi Masjidul Haromning uchinchi kengaytirilishida Qur’onga yo‘naltirilgan ma’lumot ko‘rgazmasi ochildi va tashrif buyuruvchilarga noyob va tarixiy qo‘lyozmalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.

Tashabbus dunyoning turli burchaklaridan 1,6 milliondan ortiq ziyoratchilar ishtirokida yakunlangan 2025-yilgi Haj mavsumidan bir necha kun o‘tib amalga oshirildi.


Din ishlari raisligi tomonidan Masjidul Harom va Masjidun Nabaviyda tashkil etilgan ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarga Qur’on yo‘l-yo‘riqlari, uning madaniy va tarixiy mazmuni haqida ma’lumot berishdan iborat.

Quran.uz 

Dunyo yangiliklari